Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI yakunlovchi bosqichida sud ishni mohiyatiga ko‘ra hal qiladi, alohida xonada qaror chiqaradi va bu qarorni sud majlisi zalida e’lon qiladi. Majlisning tayyorlov bosqichini o‘tkazishda quyidagi tartib mavjud: a) sud majlisini ochish; b) hakamlik sudlov jarayoni qatnashchilari kelgan-kelmaganligini tekshirish; v) sud hay’ati tarkibini e’lon qilish va rad qilish huquqini tushuntirish; g) guvohlarni sud majlisi zalidan chiqarib yuborish; d) ishni ko‘rib chiqish jarayonida qatnashayotgan shaxslarga ularning huquq va burchlarini tushuntirish. Taraflar taqdim etilayotgan isbot-dalillar asosida o‘z mulohazalarini bayon etishligi va og‘zaki munozalarni o‘tkazish maqsadida ish yuzasidan og‘zaki eshitish tartibi amalga oshiriladi va u odatda yopiq eshiklar vaziyatida o‘tkaziladi. Lekin Hakamlik sudi hay’atining ruxsati va taraflarning roziligi bilan bu jarayonda hakamlik muhokamasida qatnashayotgan shaxslar ham hozir bo‘lishi mumkin. Taraflar Hakamlik sudida bevosita, ya’ni qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi o‘z organlari orqali yoxud taraflar o‘z hohishi bilan belgilangan va zarur vakolatlarga ega bo‘lgan vakillari orqali ish olib borishlari mumkin. Tayyorlov bosqichida Rais ba’zi protsessual harakatlarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, Hakamlik sudi sud muhokamasiga kirishar ekan, ishni ko‘rishda qatnashayotgan va majlisga kelmagan shaxslar hakamlik muhokamasi qaerda va qachon o‘tishi haqida Qonun talablariga rioya qilingan holda xabardor qilinganmi yoki yo‘qmi shuni aniqlashi lozim. Ajrim ta’sis hujjatlarida qayd etilgan manzil bo‘yicha da’vo arizasida ko‘rsatilgan pochta manziliga yuborilgan bo‘lsa, nizoda qatnashayotgan shaxslar xabardor qilingan hisoblanadi. Agar manzil o‘zgarganligi sababli ajrim etib bormagan bo‘lsa, qonunga ko‘ra u egasiga topshirilgan hisoblanadi. Agar ajrim javobgarga etkazib berilmay, javobgar ushbu manzildan ketganligi haqida pochta idorasining belgisi bilan qaytarilgan, ish matnlaridan esa uning manzilini aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, Hakamlik sudi da’vogarga javobgarning manzili to‘g‘risida hujjatlar asosida tasdiqlangan ma’lumotlar berishni taklif qiladi. Ayni bir paytda hakamlik majlisi qachon va qaerda o‘tishi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan bo‘lishiga qaramay, biror tarafning majlisga kelmasligi muhokamani o‘tkazmaslik uchun sabab bo‘lmaydi, lekin uzrli sabablarga ko‘ra majlisga kelolmagan taraf muhokama tugashidan oldin uni qoldirishni talab qilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling