Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI O‘z navbatida taraflardan biri ish muhokamasida o‘zi qatnashmagan holda uni o‘tkazaverishni talab qilishi mumkin. Muhokamada ishtirok etayotgan shaxslardan birortasi majlisga kelmagan va unga chaqiriq qog‘ozi topshirilganligi haqida ma’lumot bo‘lmasa, Hakamlik sudi nizo muhokamasini boshqa vaqtga ko‘chirishi lozim. Agar bu shaxslar o‘z vaqtida xabardor qilingan, lekin sud uzrli sabablarga ko‘ra majlisga kelmagan bo‘lsa, sud muhokamani boshqa vaqtga ko‘chirishga yoki uni davom ettirishga haqlidir. Bu haqda ajrim chiqarilishi lozim. Guvohlar yoki espertlar Hakamlik sudiga kelmagan taqdirda Hakamlik sudi muhokamada qatnashayotgan shaxslardan bularsiz ishni ko‘rib chiqish mumkin yoki mumkin emasligi haqidagi fikrlarni eshitadi. Hakamlik sudi muhokamasida ishtirok etayotgan shaxslar hamda mansabdor shaxslar va ularning vakillarining shaxsiyati hujjatlar asosida aniqlanadi. Ana shu harakatlar sodir etilgandan so‘ng raislik qiluvchi sud hay’atini e’lon qiladi, muhokamada ekspert, tarjimon sifatida kimlar qatnashayotganini ma’lum qiladi va unda ishtirok etayotgan shaxslarga rad berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntiradi. Raislik qiluvchi sudning ushbu hay’ati (yakka sudya) ishtirokida nizoni ko‘rib chiqishga qaror qilgach, jarayonda qatnashayotgan shaxslar va ularning vakillariga ularning reglamentda belgilangan protsessual huquqlari va burchlari haqida tushuntirish beradi. Hakamlik sudining tarkibi hal qiluv qarorini chiqarishi bilan hakamlik muhokamasi tugatiladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling