Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
- Uchinchidan, a
HAKAMLIK MUHOKAMASI berish yo‘li bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashishi mumkinligi ko‘rsatilishi lozim. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, hakamlik sudi tomonidan chiqariladigan hal qiluv qarorlari tuzilishi va tarkibiy qismi bilan vakolatli sudlar qabul qiladigan hal qiluv qarorlariga o‘xshab ketadi. Biroq hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari vakolatli sudlar tomonidan qabul qilinadigan sud hal qaluv qarorlaridan quyidagi farqlari bilan ajralib turadi: Birinchidan, vakolatli sud (O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksida yoki O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan sudlovga tegishlilikka muvofiq xo‘jalik sudi yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sud) tomonidan qabul qilinadigan hal qiluv qarorlari odil sudlov hujjati hisoblanadi. Shuning uchun ham sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan chiqaradi va u albatta majburiy ijro qilinishi talab etiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori umumiy yurisdiksiya sudlarining hal qiluv qarorlari kabi bajarilishi barcha uchun majbur bo‘lgan hujjat hisoblanmaydi. Ikkinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat berilmagan yoki protest keltirilmagan bo‘lsa, apellyatsiya shikoyati berish va protest keltirish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi (FPKning 217-moddasi). Xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat o‘tgach kuchga kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmasa, apellyatsiya instansiyasi qaror chiqargan paytdan qonuniy kuchga kiradi (XPKning 146-moddasi). Uchinchidan, agar kelishuv bitimi qonun hujjatlariga zid bo‘lmasa hamda boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, hakamlik sudi hakamlik muhokamasi taraflarining iltimosnomasiga binoan kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Kelishuv bitimining mazmuni hakamlik sudining hal qiluv qarorida bayon qilinadi. Vakolatli sudlarda esa taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi va shu ajrim bilan ish yuritishni ham tugatadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling