Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI 4. Qo‘shimcha hal qiluv qarori Hakamlik sudi ishni hal qilganda o‘zining hal qiluv qarorida da’vogarning barcha savollariga to‘la javob berishi kerak. Sud asosli deb topilgan talablarni qondirishi va asossiz talablarni rad qilishi lozim. Ammo biror bir sababga ko‘ra hal qiluv qarori to‘liq bo‘lmasa, ya’ni bu qarorda da’vogarning barcha talablariga javob bo‘lmasa, hakamlik muhokamasi taraflari qo‘shimcha qaror chiqarishni suddan so‘ray oladilar. “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 40-moddasiga muvofiq, taraflardan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan so‘ng, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va ko‘rib chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida o‘z aksini topmagan da’vo talablari bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilishni talab qilishlari mumkin. Hakamlik muhokamasi taraflari qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi ariza bilan o‘n kun ichida aynan o‘sha hakamlik sudiga bu haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda murojaat etadilar. O‘z navbatida, nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi arizani olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uni ko‘rib chiqadi. Shu o‘rinda bir misolni keltirish joiz. Hakamlik sudi asosiy hal qiluv qarorini qabul qilish bilan bir qatorda etkazib berilmagan tovar qismi uchun pul mablag‘larini qaytarish borasida pul vositalaridan foydalanganlik uchun yillik foiz undirish to‘g‘risida da’vogarning talabini ko‘rib chiqmagan va bu haqda asosiy hal qiluv qarorida xulosa bermagan. YOki bo‘lmasa, agar hakamlik sudi da’vogarga mulkni undirish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan bo‘lib, lekin ushbu mulkning aniq ro‘yxatini ko‘rsatmagan bo‘lsa, qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish uchun zaruriyat paydo bo‘ladi. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasi va 35- moddasining uchinchi qismi qoidalariga rioya etilgan holda hakamlik sudi majlisida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, hakamlik muhokamasi taraflaridan biri qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasini hal etish uchun hakamlik sudiga taqdim etadigan barcha hujjatlarning va boshqa material-larning nusxalari, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shart-lashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshiradi. Hakamlik sudi o‘z hal qiluv qarori uchun asos qilib oladigan ekspert xulosalari hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflariga topshiriladi. Hakamlik muhokamasining har bir tarafiga o‘z nuqtai nazarini bayon etishi hamda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling