Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
o‘z  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilishi  uchun  teng  imkoniyatlar 
berilishi kerak. 
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib 
chiqish  hakamlik  muhokamasi  taraflari  yoki  ularning  vakillari  ishtirokida 
amalga  oshiriladi.  Hakamlik  muhokamasi  taraflariga  hakamlik  sudi 
majlisining  vaqti  va  joyi  haqida  oldindan  xabarnoma  yuborilishi  yoki 
topshirilishi  lozim.  Agar  hakamlik  muhokamasi  taraflari  boshqacha 
shartlashmagan  bo‘lsalar,  hakamlik  sudi  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarorini 
qabul  qilish  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib  chiqishni  yopiq  majlisda  ko‘rib 
chiqadi. 
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib 
chiqish  natijalari  bo‘yicha  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  tarkibiy 
qismi bo‘lgan qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilinadi yoki qo‘shimcha 
hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish 
haqida ajrim chiqariladi. 
 
Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish borasida ham vakolatli  sudlar bilan hakamlik 
sudlari o‘rtasida o‘ziga xos farqlar mavjud.  
Birinchi  farq  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarorini  qabul  qilish  asoslarida  namoyon  bo‘ladi. 
FPKning  214-moddasiga  ko‘ra,  ish  bo‘yicha  hal  qiluv  qarori  chiqargan  sud  ishda  ishtirok 
etayotgan shaxslarning arizalariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo‘shimcha 
hal qiluv qarori chiqarishi mumkin: 
1)  huquq  to‘g‘risidagi  masalani  hal  qilib,  undiriladigan  summa  miqdorini,  topshirilishi 
lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; 
2)  arz  qilingan  talablarning  birortasi  bo‘yicha  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  dalillar 
keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan 
bo‘lsa; 
3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa. 
XPKning  149-moddasiga  ko‘ra,  hal  qiluv  qarorini  qabul  qilgan  xo‘jalik  sudi  quyidagi 
hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi: 
1)  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  dalillar  taqdim  etgan  biron-bir  talab  bo‘yicha  hal  qiluv 
qarori qabul qilinmagan bo‘lsa; 
2) sud huquq masalasini hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, berilishi lozim bo‘lgan 
mol-mulkni yoki javobgar bajarishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; 
3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal qilinmagan bo‘lsa.  
Bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkinki,  vakolatli  sudlar  tomonidan  qo‘shimcha  hal 
qiluv  qarorini  chiqarish  uchun  asoslar  deyarli  bir  xil.  Biroq,  hakamlik  sudlarida  hakamlik 
muhokamasi davomida arz qilingan va ko‘rib chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida 
o‘z  aksini  topmagan  da’vo  talablari  bo‘yicha  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarorini  chiqarilishi 
mumkinligi ko‘rsatilgan, xolos. Binobarin, fikrimizcha, hal qiluv qarorini qabul qilishda tushirib 
qoldirilgan  holatlarni  to‘g‘rilash  maqsadida,  manfaatdor  taraf  quyidagi  hollarda  ham  
qo‘shimcha  hal  qiluv  qarorini  qabul  qilish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  hakamlik  sudiga  murojaat 
qilish huquqiga ega bo‘lishi lozim: 
-  arz  qilingan  talablarning  birortasi  bo‘yicha  ishda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  dalillar 
keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan 
bo‘lsa; 
- hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa. 


 
 
82 
 
 
82 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling