Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
Ikkinchi  farq:  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  Qonunga  ko‘ra,  qo‘shimcha  hal  qiluv 
qarorini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan faqat hakamlik muhokamasi taraflari,  ya’ni da’vogar 
yoki  javobgar  murojaat  qilishi  mumkin  bo‘ladi.  Boshqa  shaxslar,  shu  jumladan,  hakamlik 
muhokamasida  ishtirok  etgan  uchinchi  shaxslar  ham  bunday  huquqqa  ega  bo‘lmaydilar. 
Shuningdek,  umumiy  yurisdiksiya  sudlaridan  farqli  ravishda  ishni  ko‘rib  chiqqan  hakamlik 
sudining  o‘zi  ham  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  qabul  qilish  haqida  masalani  hal  qilishga 
vakolatli  emas.  Masalan,  FPKning  214-moddasiga  ko‘ra,  sud  o‘z  tashabbusi  bilan  ham 
qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish haqida masalani hal qilish vakolatiga ega bo‘ladi. 
Uchinchi  farq:  hakamlik  sudining  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  qabul  qilish  to‘g‘risidagi 
arizani  qanoatlantirishni  rad  etish  haqidagi  ajrimi  ustidan  shikoyat  qilinmaydi.  Biroq  umumiy 
yurisdiksiya  sudlarining  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  chiqarish  to‘g‘risidagi  talabni  rad  etish 
haqidagi  ajrimi  ustidan  xususiy  shikoyat  berilishi  yoki  xususiy  protest  keltirilishi  mumkin. 
Undan  tashqari,  qo‘shimcha  hal  qiluv  qarori  ustidan  apellyatsiya  tartibida  shikoyat  berilishi 
hamda unga nisbatan protest keltirilishi mumkin. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling