Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibini belgilash maqsadida ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish talab etilar edi. Aynan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007 yil 29 iyundagi X yalpi majlisida ma’qullangan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni yuqoridagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Mazkur Qonunning 3-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi uch bob va o‘n uch moddadan iborat bo‘lgan “Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni yuritish” deb nomlangan 5-kichik bo‘lim bilan to‘ldirildi. “Hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni yuritish” deb nomlangan 5-kichik bo‘limning 35 2 -bobi “Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish” deb nomlanib, unda hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni, mazkur arizani ko‘rib chiqish tartibi, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari hamda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ajrim chiqarishga doir qoidalar o‘z ifodasini topdi. Hakamlik sudining hal qiluv qaroridan norozi bo‘lgan hakamlik muhokamasi tarafi ushbu hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi sudga murojaat qiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi nizo bo‘yicha ish yuritish sud tomonidan tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turadi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli sudga murojaat qilish jarayonida quyidagi talablarga rioya qilish lozim: Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling