Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
sudi  yoki  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudni  nazarda  tutadi.  Biroq  hakamlik 
sudi  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  bir  vaqtning 
o‘zida ham xo‘jalik sudiga, ham fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat 
qilinmaydi.  Bu  o‘rinda  hakamlik  sudi  tomonidan  hal  etilgan  masalaning 
mohiyati,  unda  ishtirok  etuvchi  taraflarning  tarkibiga  qarab,  mazkur 
ishning  xo‘jalik  sudiga  yoki  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudga  taalluqli 
ekanligi aniqlashtiriladi. Agar taraflardan loaqal biri fuqaro bo‘lgan ishlar 
FPKning  31-moddasi  talablaridan  kelib  chiqib,  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
sudga  taalluqli  bo‘ladi.  Agar  ish  iqtisodiyot  sohasida  yuridik  shaxslar, 
yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan 
va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan 
fuqarolar 
o‘rtasidagi  fuqaroviy,  ma’muriy  va  boshqa  huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan bo‘lsa, u holda xo‘jalik sudiga murojaat 
qilinadi. 
Ikkinchidan,  ariza  uchun  belgilangan  tartibda  va  miqdorda  davlat 
boji  to‘langan  bo‘lishi  lozim.  Soliq  kodeksining  326-moddasiga  ko‘ra, 
davlat  boji  yuridik  ahamiyatga  molik  harakatlarni  amalga  oshirganlik  va 
(yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor 
shaxslar  tomonidan  hujjatlar  berganlik  uchun  olinadigan  majburiy 
to‘lovdir.  Mazkur  Kodeksning  328-moddasiga  muvofiq,  fuqarolik  ishlari 
bo‘yicha  sudlarga  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorlarini  bekor  qilish 
to‘g‘risidagi  hamda  hakamlik  sudining  qarorlarini  majburiy  ijro  etish 
uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan davlat boji undiriladi.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994  yil  3 
noyabrdagi  533-son  qarori  bilan  tasdiqlangan  “Davlat  boji  stavkalari”gi 
muvofiq,  hakamlik  sudi  qarorlarini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 
varaqasini  berish  to‘g‘risidagi  arizalardan,  shuningdek  hakamlik  sudi 
qarorlarini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizalardan  eng  kam  oylik  ish 
haqining 2 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. 
Soliq  kodeksining  328-moddasida  hakamlik  sudining  qarorlarini 
majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  arizalardan, 
xo‘jalik  sudining  hakamlik  sudi  qarorlarini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi, 
shuningdek  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorlarini  majburiy  ijro  etish 
uchun  ijro  varaqasini  berish  to‘g‘risidagi  va  ijro  varaqasini  berishni  rad 
etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va 
kassatsiya shikoyatlaridan davlat boji undirilishi belgilangan. O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1994  yil  3  noyabrdagi  533-son 
qarori  bilan  tasdiqlangan  “Davlat  boji  stavkalari”ga  muvofiq,  hakamlik 
sudi  qarorlarini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasini  berish 


 
 
85 
 
 
85 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling