Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
arizalarga  qanday  hujjatlar  ilova  qilinishi  haqida  to‘liq  ma’lumotga  ega 
bo‘ladilar va bu arizalarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va shaxs huquqlarini 
samarali himoya qilinishini ta’minlaydi.  
 
Shunday  qilib,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizaga 
quyidagilar ilova qilinadi: 
1) hakamlik sudi  hal  qiluv  qarorining  tasdiqlangan nusxasi.  Doimiy  faoliyat ko‘rsatuvchi 
hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  nusxasi  mazkur  hakamlik  sudining  raisi  tomonidan 
tasdiqlanadi,  muvaqqat  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  nusxasidagi  hakamlik  sudyasining 
imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak; 
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi; 
3)  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  talabni  asoslash  uchun 
taqdim etiladigan hujjatlar; 
4)  belgilangan  tartibda  va  miqdorda  davlat  boji  to‘langanligini  tasdiqlovchi  hujjatlar 
(FPKning 309
5
-moddasi).
 
 
Mazkur  talablar  XPKning  155
2
-moddasida  ham  o‘z  aksini  topgan 
bo‘lib, ushbu talablardan tashqari xo‘jalik sudiga taqdim etilayotgan da’vo 
arizalariga  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 
ariza  nusxasi  va  unga  ilova  qilingan  hujjatlar  hakamlik  muhokamasining 
boshqa  tarafiga  yuborilganligini  tasdiqlovchi  hujjat  ham  ilova  qilinishi 
lozim. 
Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sudlarga  taqdim  etilayotgan  ariza 
javobgarlar soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga beriladi. 
Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 
ariza  hakamlik  muhokamasi  tarafining  vakili  tomonidan  berilgan  bo‘lsa, 
arizaga  ishonchnoma  yoki  vakilning  vakolatlarini  tasdiqlovchi  boshqa 
hujjat ilova qilinishi lozim. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling