Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
To‘rtinchidan,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro 
etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  arizaning  shakli  va 
mazmuniga oid protsessual qonunda belgilangan talablarga rioya qilinishi 
kerak. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 309
10
-
moddasi  hamda  Xo‘jalik  protsessual  kodeksining  155
7
-moddasiga  ko‘ra, 
ushbu  arizalar  yozma  shaklda  beriladi  va  va  hal  qiluv  qarori  hakamlik 
muhokamasi  taraflaridan  qaysi  birining  foydasiga  qabul  qilingan  bo‘lsa, 
o‘sha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. 
 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish 
to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 
1) ariza berilayotgan sudning nomi; 
2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan eri; 
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan 
eri  (pochta  manzili)  yoki  yashash  joyi,  shuningdek  agar  ariza  vakil  tomonidan  berilayotgan 
bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; 
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 
5)  ariza  bilan  murojaat  etgan  hakamlik  muhokamasi  tarafi  hakamlik  sudining  hal  qiluv 
qarorini olgan sana; 
6)  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish 
to‘g‘risidagi talab.
 
 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 
varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron 
pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin. 
Protsessual  qonun  hujjatlari  talablariga  ko‘ra,  hakamlik  sudining  hal 
qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi 
arizaga  ilova  qilinadigan  hujjatlarning  ro‘yxati  taqdim  etiladi.  Bu  esa 
ushbu  mazmundagi    ariza  bilan  vakolatli  sudlarga  murojaat  qilayotgan 
tadbirkorlik  sub’ektlari  uchun  qulayliklar  yaratadi.  Xususan,  sudga 
murojaat  qilishdan  avval  ushbu  arizalarga  qanday  hujjatlar  ilova  qilinishi 
haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar va bu arizalarni o‘z vaqtida qabul 
qilinishi 
va 
shaxs 
huquqlari 
va 
qonun 
bilan 
qo‘riqlanadigan 
manfaatlarining samarali himoya qilinishini ta’minlaydi.  
 
Shunday qilib, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi 
berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 
1) hakamlik sudi  hal  qiluv  qarorining  tasdiqlangan nusxasi.  Doimiy  faoliyat ko‘rsatuvchi 
hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  nusxasi  mazkur  hakamlik  sudining  raisi  tomonidan 
tasdiqlanadi,  muvaqqat  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorining  nusxasidagi  hakamlik  sudyasining 
imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak; 
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiklangan nusxasi; 
3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling