Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
HAKAMLIK MUHOKAMASI nisbatan ularning har biri ijro ishini yuritishda mustaqil holda ishtirok etadi yoki ijro etish harakatlarida qatnashuvchilardan biriga ishtirok etishni topshirishi mumkin. Bundan kelib chiqqan holda, boshqa shaxslar hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etishga ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli emas, shu jumladan, hakamlik sudi ham o‘zi tomonidan qabul qilingan hal qiluv qarorini majburiy ijro etishga tashabbus ko‘rsatuvchi sub’ekt sifatida ishtirok eta olmaydi. Bundan tashqari, shuni ta’kidlash kerakki, garchi hakamlik sudi hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish huquqiga hakamlik muhokamasining har ikki tarafi ega bo‘lsa ham, hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ariza berish huquqiga faqatgina hal qiluv qarori uning foydasiga hal bo‘lgan hakamlik muhokamasi tarafi ega bo‘ladi. Ikkinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza qarzdor yashaydigan joydagi yoki joylashgan erdagi yoxud, agar qarzdor yashaydigan joy yoki joylashgan er noma’lum bo‘lsa, uning mol-mulki turgan joydagi sudga berilishi talab qilinadi. Uchinchidan, ariza uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langan bo‘lishi lozim. Soliq kodeksining 328-moddasiga muvofiq, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan davlat boji undiriladi. Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza kabi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan ham eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardan farqli ravishda hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan tashqari, xo‘jalik sudlarida hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan davlat boji undirilishi belgilangan (Soliq kodeksining 328-moddasi). O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ga muvofiq, hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling