Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishlari mumkin. Sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimi darhol ijro etilishi kerak. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardan farqli ravishda xo‘jalik sudlarining hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan Xo‘jalik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin (XPKning 155 10 -moddasi). Yuqorida belgilanganidek, vakolatli sudlarning ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ajrimi e’lon qilinishi bilan darhol ijro etilishi kerak. Mazkur sudning ajrimi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida ijro etiladi. Mazkur Qonunning 5-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudining qarorlari ijro etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar tarkibiga kiritilgan bo‘lsa-da, vakolatli sudlardan farqli ravishda hakamlik sudlari o‘zlarining qabul qilgan qarorlari yuzasidan ijro varaqasi bera olmaydilar. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasida hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari ijro hujjati sifatida e’tirof etilgan. Mazkur Qonunning 8-moddasida ijro hujjatlarining mazmuni bayon etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, ijro hujjatida quyidagilar ko‘rsatilishi talab etiladi: 1) ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organning nomi; 2) ijro hujjatining qaysi ish bo‘yicha berilganligi va uning tartib raqami; 3) ijro etilishi shart bo‘lgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjati qabul qilingan sana; 4) undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari; jismoniy shaxslar uchun - qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi; 5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi; 6) sud hujjati yoki boshqa organ hujjati kuchga kirgan sana; 7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati. Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Har bir hal qiluv qarori bo‘yicha bitta ijro varaqasi beriladi. Biroq, agar ijro turli joylarda yoki bir necha undiruvchining foydasiga amalga oshiriladigan bo‘lsa, sud undiruvchilarning iltimosiga binoan ijro joyini yoki hal qiluv qarori ijrosining har bir ijro varaqasiga tegishli qismini aniq ko‘rsatgan holda bir necha ijro varaqasi beradi. Ijro varaqasi undiruvchiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling