Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
Respublikasining  Fuqarolik  protsessual  kodeksida  belgilangan  tartibda 
ko‘rib chiqilishi belgilangan. O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida hakamlik 
sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish 
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi nazarda tutilgan (FPKning 309
11
-
modda,  XPKning  155
8
-modda).  Mazkur  ariza  vakolatli  sudning  sudyasi 
tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. hakamlik sudi hal qiluv qarorini 
majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasini  berish  to‘g‘risida  ariza  vakolatli 
sudga  kelib  tushgan  kundan  e’tiboran  bir  oydan  oshmaydigan  muhlatda 
sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi (FPKning 131-moddasi va 
XPKning 125-moddasi). 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo‘jalik  sudi  Plenumining  2013  yil  
24  maydagi  "Chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini  tan  olish  va  ijroga 
qaratish  hamda  chet  davlat  sudining  topshirig‘ini  ijro  etish  to‘g‘risidagi 
ishlarning  xo‘jalik  sudlari  tomonidan  ko‘rilishida  qonun  hujjatlarini 
qo‘llashning 
ayrim 
masalalari 
haqida"gi 
248-sonli 
qarorida 
ko`rsatilishicha,  xo’jalik  sudlari  chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini 
tan  olish  va  ijroga  qaratish  hamda  chet  davlat  sudining  topshirig’ini  ijro 
etish  to’g’risidagi  ishlarni  ko’rishda  Nyu-York  shahrida  1958  yil  
10  iyunda  imzolangan  "Chet  el  mamlakatlari  hakamlik  qarorini  e’tirof 
etish  va  ijro  etish  to’g’risida"gi  Konvensiya,  Kiyev  shahrida  1992  yil  20 
martda  imzolangan  "Xo’jalik  faoliyatini  amalga  oshirish  bilan  bog’liq 
nizolarni hal etish tartibi to’g’risida"gi Bitim, Minsk shahrida 1993 yil 22 
yanvarda imzolangan "Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo’yicha huquqiy 
yordam  va  huquqiy  munosabatlar  to’g’risida"gi  Konvensiya,  Gaaga 
shahrida  1954  yil  1  martda  imzolangan  "Fuqarolik  protsessi  masalalariga 
doir  Konvensiya",  O’zbekiston  Respublikasining  huquqiy  yordam 
ko’rsatish 
to’g’risidagi 
xalqaro 
shartnomalari, 
O’zbekiston 
Respublikasining  Xo’jalik  protsessual  kodeksi  va  boshqa  qonun 
hujjatlarini qo’llashlari lozim. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  xo‘jalik  sudi  Plenumining  2013-yil  
24-  maydagi  "Chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini  tan  olish  va  ijroga 
qaratish  hamda  chet  davlat  sudining  topshirig‘ini  ijro  etish  to‘g‘risidagi 
ishlarning  xo‘jalik  sudlari  tomonidan  ko‘rilishida  qonun  hujjatlarini 
qo‘llashning  ayrim  masalalari  haqida"gi  248-sonli  qarorining  6-bandida 
belgilanishicha, chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga 
qaratish  to’g’risidagi  iltimosnomani  ko’rib  chiqish  hamda  chet  davlat 
sudining  topshirig’ini  ijro  etish  bilan  bog’liq  ishlar,  agar  O’zbekiston 
Respublikasining  xalqaro  shartnomalarida  boshqacha  tartib  belgilangan 


 
 
95 
 
 
95 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling