Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
bo’lganda,  uning  mol-mulki  joylashgan  joydagi  xo’jalik  sudi  tomonidan 
ko’riladi. 
Sudlar  chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini  tan  olish  va  ijroga 
qaratish  to’g’risidagi  iltimosnoma  XPK  88-moddasining  6-bandida 
belgilangan  asoslar  bo’yicha  ko’rmasdan  qoldirilishi  mumkin  emasligini 
inobatga olishlari lozim. 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 
varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar ham boshqa toifadagi ishlar kabi sudda 
ko‘rish  uchun  tayyorlanadi.  Ishni  sudda  ko‘rishga  tayyorlash  jarayonida 
vakolatli  sud  sudyasi  ijro  varaqasi  talab  qilinayotgan  ish  bo‘yicha 
faqatgina  ijro  varaqasini  berish  uchun  asos  bo‘lgan  ajrim  chiqarish 
masalasini  hal  etish  uchun  zarur  bo‘lgan  materiallarini  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudidan  talab  qilishga  haqli  bo‘ladi.  Lekin  nizo 
mohiyatiga, isbotga va ish vaziyatini huquqiy baholashga tegishli bo‘lgan 
ish  materiallarini  talab  qilish  huquqiga  ega  emas.  Boshqacha  qilib 
aytganda, sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining 
hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish 
uchun  tegishli  asoslar  mavjudligi  yoki  mavjud  emasligini  bayon  qilingan 
talablar  va  e’tirozlarni  asoslash  uchun  sudga  taqdim  etilgan  dalillarni 
tekshirish  yo‘li  bilan  aniqlaydi.  Sud  ishni  sud  majlisida  ko‘rib 
chiqayotganda  hakamlik  sudi  aniqlagan  holatlarni  tekshirishga  yoxud 
hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  mazmunan  qayta  ko‘rib  chiqishga 
haqli emas. 
Sud  jarayoni  ishtirokchilaridan  birining  hakamlik  muhokamasi 
materiallarini  talab  qilish  iltimosnomasi  ham  vakolatli  sud  tomonidan 
yuqorida  ko‘rsatilgan  tegishli  materiallarni  talab  qilish  uchun  etarli  asos 
sifatida  qaralishi  ham  mumkin,  chunki  qonun  tomonidan  belgilangan 
tartibda  hakamlik  sudi  materiallarini  tekshirish  hakamlik  muhokamasi 
ishtirokchilarining  o‘zaro  kelishuvisiz  davlat  sudi  tomonidan  amalga 
oshirilishi mumkin. 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 
varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar ham sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud 
majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida hakamlik muhokamasi taraflari albatta 
xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda 
xabardor  qilingan  mazkur  shaxslarning  kelmaganligi  ishni  ko‘rib  chiqish 
uchun to‘sqinlik qilmaydi. 
Arizaning  ko‘rib  chiqilishi  vakolatli  sudga  taqdim  qilingan  va  ijro 
varaqasini  berish  to‘g‘risidagi  arizada  bayon  qilingan  talabni  tasdiqlovchi 
hujjatlarni  tekshirish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi,  lekin  nizo  mohiyatiga, 


 
 
97 
 
 
97 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling