Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
isbotga  va  ish  vaziyatini  huquqiy  baholashga  tegishli  bo‘lgan  ish 
materiallarini talab qilish huquqiga ega emas. 
Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 
ariza  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  309
4
-moddasi  ikkinchi  qismida 
hamda  Xo‘jalik  protsessual  kodeksining  155
1
-moddasi  ikkinchi  qismida 
ko‘rsatilgan  xo‘jalik  sudining  ish  yurituvida  bo‘lsa,  mazkur  hal  qiluv 
qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  ariza 
ko‘rib  chiqilayotgan  xo‘jalik  sudi  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini 
majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib 
chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin. 
Vakolatli  sudlar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro 
etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari 
bo‘yicha Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida 
hal  qiluv  qarori  qabul  qilish  uchun  nazarda  tutilgan  qoidalarga  binoan 
ajrim chiqaradi. 
Vakolatli sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish 
uchun  ijro  varaqasi  berish  to‘g‘risidagi  yoki  hakamlik  sudining  hal  qiluv 
qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro  varaqasi  berishni  rad  etish 
to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak: 
1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi; 
2)  hakamlik  muhokamasi  taraflarining  nomi  (familiyasi,  ismi, 
otasining ismi); 
3) hakamlik sudining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro 
varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko‘rsatma. 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun  ijro 
varaqasi  berish  rad  etilganligi  hakamlik  muhokamasi  taraflarining,  agar 
hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik 
bitimiga  muvofiq  hakamlik  sudiga  yangitdan  murojaat  etishiga  yoki 
Fuqarolik  protsessual  kodeksi  va  Xo‘jalik  protsessual  kodeksida  nazarda 
tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi. 
Agar  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  majburiy  ijro  etish  uchun 
ijro  varaqasi  berish  hakamlik  bitimining  haqiqiy  emasligi  oqibatida  yoki 
hal  qiluv  qarori  hakamlik  bitimida  nazarda  tutilmagan  yoki  uning 
shartlariga  to‘g‘ri  kelmaydigan  nizo  bo‘yicha  chiqarilganligi  yoxud  unda 
hakamlik  bitimida  qamrab  olinmagan  masalalar  bo‘yicha  to‘xtamlar 
mavjudligi  yoinki  nizo  hakamlik  muhokamasining  predmeti  bo‘lishi 
mumkin  emasligi  oqibatida  sud  tomonidan  to‘liq  yoki  qisman  rad  etilgan 
bo‘lsa,  hakamlik  muhokamasi  taraflari  bunday  nizoni  hal  qilish  uchun 


 
 
98 
 
 
98 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling