Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI bo’lmasa, XPK qoidalari bo’yicha ko’rib chiqiladi. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to’g’risida XPK 124-moddasida belgilangan tartibda xabardor qilinadilar. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi iltimosnoma yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. Iltimosnomada quyidagilar ko’rsatilishi shart: 1) iltimosnoma berilayotgan xo’jalik sudining nomi; 2) chet davlat sudining nomi va joylashgan joyi yoki arbitrajning nomi va tarkibi, uning joylashgan joyi; 3) undiruvchining nomi, uning joylashgan joyi yoki turar joyi; 4) qarzdorning nomi, uning joylashgan joyi yoki turar joyi; 5) undiruvchi tan olish va ijroga qaratishni iltimos qilayotgan chet davlat sudi yoki hakamlikning qarori haqidagi ma’lumotlar; 6) undiruvchining talabi; 7) ilova qilinayotgan hujjatlar ro’yxati. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi iltimosnomada undiruvchi yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko’rsatilishi mumkin. Iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar xalqaro shartnomalarda ko’rsatilgan tilda bayon etilishi kerak. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi iltimosnoma, shuningdek chet davlat sudining topshirig’i sud tomonidan XPKning 16-bobida belgilangan tartibda ish yuritishga qabul qilinadi. Xo’jalik sudi chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini mazmunan qayta ko’rishga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga haqli emas. Agar chet davlat sudi yoki hakamlikning qarori qisman ijro etilgan bo’lsa, sud bunday holda chet davlat sudi yoki hakamlik qarorining ijro etilmagan qismiga ijro varaqasi beradi. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish uchun davlat boji undirilmaydi, biroq XPKda belgilangan boshqa sud xarajatlari to’lanishi (undirilishi) lozim. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi ishlar qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy noma’lum |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling