Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI MUZOKARA MEDIATSIYA YARASHTIRUV ARBITRAJ SUD NORASMIY JARAYON RASMIY JARAYON NMH usullarini qo‘llash orqali nizolarni hal etish samarali bo‘lishi uchun nizolashuvchi taraflarda nizoni hal etishga moyillik bo‘lishi, ya’ni ularda nizoni hal etish uchun xohish-istak bo‘lishi kerak. Aks holda NMH samara bermaydi. Agar xar bir taraf men haqman deb qat’y pozitsiya egallab olgan bo‘lsa, ular yaxshisi vaqtlarini befoydaga ketkazmay sudga murojaat qilganlari afzal. NMHning yana bir xususiyatlaridan biri nizoni hal etish uchun jalb etilgan xolis(lar)ning malakasiga oid bo‘lib, xalqaro tajribaga asosan xolis yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi shart emas, u psixolog, injener, iqtisodchi va boshqa kasb egalari, ya’ni nizoni hal etish uchun yetarli malakaga ega bo‘lsalar bo‘ldi. Ko‘p NMH usullarining tabiati shundan iboratki, ular egiluvchan va moslashuvchan bo‘lganligi sababli ularni qat’iy huquqiy tartibga solish maqsadga muvofiq emas. Xolis nizoni tabiatidan, taraflarning psixologik holatidan kelib chiqib hal etishini oldindan belgilab qo‘yish mantiqan noto‘g‘ri bo‘lishi shak-shubxasiz. O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida fuqarolik-huquqiy nizolarni hal etish uchun NMH qo‘llash nizolashuvchi taraflarning – fuqarolarning, tadbirkorlik sub’ektlarining vaqtini tejash va sud xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi. Ularda vujudga kelgan nizolarni tez va arzon, o‘zlariga qulay joy va vaqtda o‘zaro foydali shartlar asosida konfidensial tarzda sudgacha hal etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunda tomonlar o‘rtasidagi ishchanlik munosabatlarini saqlab qolish ehtimoli yuqori bo‘ladi. NMH usullaridan birini qo‘llashda tomonlar uchun advokat yollash, davlat bojini to‘lash va sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash shart emas. Shu tarzda fuqarolar va tadbirkorlar uchun vujudga kelgan nizoni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling