Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


 Mediatsiyaning asosiy prinsiplari


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   176
 
2. Mediatsiyaning asosiy prinsiplari  
Mediatsiyaning  asosini  quyidagi  tamoyillar  tashkil  etadi:  betaraflik, 
ixtiyoriylik va konfidensiallik.  
Mediatorning  betarafligi,  xolisligi  taraflarga  o‘z  holatlarini  ochiq 
bayon  etish,  jarayonga  ishonchni  his  qilish  va  o‘zaro  hamkorlik  ruhida 
ishlash imkoniyatini beradi. Mediatordan aybdor va haqli shaxsni aniqlash 
talab  qilinmaydi.  U  mediatsiyaning  butun  jarayoni  mobaynida  betarafligi 
va  xolisligini  saqlab  qolishi  lozim.  Mediator  taraflarga,  nizoni  o‘zaro 
maqbul hal etilishiga erishishlari uchun ko‘maklashishi kerak.  
Ixtiyoriylik  taraflarning  mediatsiyada  ixtiyoriy  ishtirok  etishlari 
bilan  birga,  jarayondan  yakuniy  kelishuv  imzolanguniga  qadar  istalgan 
paytda  chiqish  imkoniyatining  mavjudligini,  mediatsiya  mobaynida  yuz 
berayotgan  har  bir  harakat  taraflarning  o‘zaro  kelishuvi  bilan  amalga 
oshirilishini anglatadi. Bunda mediator hech qanday huquqiy masalahatlar 
bermaydi  va  kelishuv  shartlarini  tavsiya  qilmaydi.  Mediatsiyada  har  bir 
taraf  o‘z nomidan gapiradi  va o‘z qarorini qabul qiladi. Binobarin, qabul 
qilingan  qaror  va  uning  bajarilishi  uchun  javobgarlik  taraflarning 
zimmasiga yuklanadi.  
Mediatsiyani  qo‘llashning  turli  xil  usullari  quyidagi  jadvalda 
keltirilgan:   
 


 
 
107 
 
 
107 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling