Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


 Mediatsiya turlari. Mediatsiya modellari


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   176
3. Mediatsiya turlari. Mediatsiya modellari.  
Mediatsiya  qaysi  shaklda  amalga  oshirilishiga  qarab  u  yoki  bu 
modelga mansub bo‘ladi. 1990 yillarning o‘rtalarigacha mediatsiya asosan 
bir  turdagi  jarayon  sifatida  ko‘rilgan  va  mediatsiya  amaliyotidagi 
tafovutlar  uslubiy  xilma-xillik  sifatida  baholangan.  Biroq  bugungi  kunda 
mediatsiyaning  uch  xil  modeli  mavjudligi  e’tirof  etilgan:  baholovchi 


 
 
108 
 
 
108 
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
(evaluative),  ko‘maklashuvchi  (facilitative)  va  qayta  o‘zgartiruvchi 
(transformative).  
Baholovchi mediatsiyada mediatorning harakatlari baho berish, taklif 
kiritish,  shuningdek  yo‘nalish  berish  orqali  taraflarga  ularning  ishidagi 
kuchli va kuchsiz tomonlarini tushunishlarida yordam berishga qaratilgan.   
Aksincha 
ko‘maklashuvchi 
mediatsiyada 
mediator 
taraflar 
o‘rtasidagi  muomalani  oydinlashtirishga  va  yaxshilashga  hamda  ularga 
echimni topishda yordam berishga harakat qiladi. Mediatsiyaning bu turida 
mediator  nizoning  huquqiy  holatiga  baho  bermaydi,  uning  harakatlari 
asosan  taraflarning  ehtiyojlari  va  bu  ehtiyojlar  manfaatlarga  asoslangan 
bitimda qanday qondirilishiga qaratilgan.  
Mediatsiyaning  qayta  o‘zgartiruvchi  turida  mediatorlar  muammoni 
hal  qilish  va  kelishuvga  erishishga  harakat  qilmaydilar.  Qayta 
o‘zgartiruvchi  mediatsiya  taraflarning  bir-birga  munosabati  va  o‘z 
holatlarini qanday tushinishlari bo‘yicha o‘zgarishlar yuz berganda amalga 
oshgan hisoblanadi. Qayta o‘zgartiruvchi mediatsiyaning maqsadi vakolat 
va  e’tirofga  imkoniyat  yaratish  –  o‘z  yo‘lini  o‘zi  belgilash  va 
hozirjavoblikni  rag‘batlantirish  orqali  insonlarga  o‘z  nizolarini  hal  etish 
yuzasidan nazoratni o‘zlariga berishdan iborat.   
Samarali  natijaga  erishish  uchun  mediatorlar  mediatsiya  jarayonini 
o‘tkazishda  quyidagi  ketma-ketlikka  amal  qilishadi:  1)  kirish;  2) 
taraflarning  kirish  so‘zi;  3)  kun  tartibini  shakllantirish;  4)  muqobil 
qarorlarni  ishlab  chiqish; 5)  qarorlarni  baholash va  tanlash;  6)  kelishuvga 
erishish.   
Mediatsiya jarayonida mediator quyidagi vazifalarni bajaradi: nizoni 
baholovchi;  faol  eshituvchi;  jarayonni  xolis  tashkil  etuvchisi;  muqobil 
takliflar  generatori;  takliflarni  realligi  va  bajarilishi  mumkinligini 
sinovchisi; 
taraflarning 
yakuniy 
kelishuvni 
ishlab 
chiqishlarida 
ko‘maklashuvchi; taraflarni sheriklik muzokaralari jarayoniga o‘rgatuvchi. 
Mediatsiyani  o‘tkazish  jarayonida  mediator  muzokaralar  olib  borishning 
turli  usullaridan,  masalan,  aqliy  hujum,  refreyming  va  boshqalardan 
foydalanadi. 
Mediatsiya  nizolarni  muqobil  hal  qilish  usullari  tizimida  alohida 
o‘rin tutadi. Mediatsiya nizolarni muqobil hal qilishning boshqa usullariga 
nisbatan  bir  qator  afzalliklarga  egaki,  bu  holatlar  ko‘plab  nizolashuvchi 
taraflar uchun mediatsiyaning qulayligini ta’minlaydi.  
Mediatsiyada  taraflar  nafaqat  jarayonning  o‘zini  balki  uning 
natijasini  ham  boshqaradilar  va  egalik  qiladilar,  taraflarning  roziligisiz 
hech narsa hal qilinmaydi.  


 
 
109 
 
 
109 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling