Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI beradi. Xalqaro tijorat nizolarni hal etishning samarali usuli sifatida mediatsiyaga tez-tez murojaat qilib kelinmoqda. Mediatsiya jamiyat a’zolari o‘rtasidagi nizolarni tartibga solish usuli sifatida qadimdan beri mavjud. Ushbu yarashtirish jarayoni qadimgi Yunonistonda qo‘llanilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Mediatsiya xalqaro munosabatlarda nizolarni tinch hal qilish vositasi sifatida samarali qo‘llanib kelingan va “xayrli xizmatlar taklifi” nomi bilan ma’lum. Mediatsiya zamonaviy ko‘rinishida 1960 yillarda AQShda paydo bo‘lib, keyinchalik Avstraliya va Angliyada, 1980 yillarning oxiri – 1990 yillarning boshlarida esa kontinental huquq tizimiga mansub davlatlar – Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya, Avstriya, Italiya, Shveysariyada rivojlandi. AQShda mediatsiya va NMHning boshqa usullarini rivojlanishi va keng tarqalishi Paund konferensiyasi (1976 y.) bilan bog‘liq bo‘lib, unda ishtirokchilar asosan ikkita masalani muhokama qilishdi: nizolarni suddan tashqari hal qilish va sud ish yuritishi uchun tez va arzon taomillar. Ushbu konferensiyada professor Frenk Sander birinchi marotaba AQShda sud tizimiga nisbatan jamoatchilik noroziligini kamaytirish uslubi sifatida ko‘p eshikli sud (multi-door courthouse) konsepsiyasini bayon qildi. Ushbu konsepsiyaga muvofiq, sud nizolashayotgan tomonlarga ularning nizolarini hal qilishning rasmiy sud ish yurituvidan farq qiluvchi turli yo‘llarini taklif qilishi mumkin edi. Bunda sudlar qoshidagi nizolarni muqobil hal qilish bo‘yicha mutaxassislar nizo bilan tanishib chiqadi va uni hal qilishning maqbul usulini belgilaydi. Bunday usullar jumlasiga dastlabki betaraf baholash, mediatsiya, arbitraj, mini (kichik)-sud, prisyajniylarning soddalashtirilgan sudi va boshqalar kiradi. Mediatsiyaga ko‘plab ta’rif va izohlar berilgan. Mediatsiya inglizcha “mediation” so‘zidan olingan bo‘lib, vositachilik deb tarjima qilinadi. Bu atama lotincha medius o‘zagidan olingan bo‘lib, ikki xil qarash yoki ikki tomon o‘rtasini egallash, o‘rtadagi yo‘lni tavsiya etish, betaraf, xolis bo‘lish degan ma’nolarni bildiradi. Ilmiy adabiyotlar va xorijiy davlatlar qonunchiligini tahlil qilib, mediatsiya tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin: mediatsiya – bu taraflar o‘rtasidagi nizoni xolis mediator yordamida hal etish usuli bo‘lib, unda qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lmagan mediator taraflarga o‘zaro maqbul bitimga erishishga ko‘maklashadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling