Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
MDHda,  asosan  Rossiya  Federatsiyasi,  Ukraina  va  Qozog‘istonda 
mediatsiyani  rivojlantirish  bo‘yicha  muayyan  ishlar  olib  borilmoqda. 
NMHga  bag‘ishlangan  ilmiy  tadqiqot  ishlari,  konferensiyalar,  seminar-
treninglar  o‘tkazilmoqda,  maxsus  saytlar  mavjud,  savdo-sanoat  palatalari 
huzurida  jamoatchilik  asosida  nizolarni  muqobil  hal  qilish  markazlari 
tashkil etilmoqda. 
Rossiya  Federatsiyasida  2005-yildan  beri  faoliyat  ko‘rsatib 
kelayotgan  “Mediatsiya  va  huquq  ilmiy  metodik  markaz”  tashkil  etilgan, 
“Mediatsiya va huquq” maxsus jurnali chop etib kelinmoqda. Bu sohadagi 
qonun  ijodkorligi  natijasida  2010-yil  27-iyulda  “Vositachi  ishtirokida 
nizolarni  muqobil  hal  etish  taomili  (mediatsiya  taomili)  to‘g‘risida”gi 
Federal qonuni qabul qilindi.    
Bugungi  kunda  xalqaro  nizolarni  arbitraj  tartibida  hal  qiluvchi 
ko‘pgina  sudlar  va  markazlar  mediatsiya  asosida  ish  ko‘rishga  harakat 
qilmoqdalar.  Ularda  mediatsiya  jarayonini  o‘tkazishning  o‘ziga  xos 
qoidalari  mavjud.  Unga  ko‘ra,  murojaat  qiluvchilarga  dastlab  mediatsiya 
o‘tkazish taklif qilinadi, agar mediatsiya samara bermasa, nizo o‘z-o‘zidan 
arbitraj  tartibida  ko‘riladi.  Bunday  markazlar  jumlasiga  Xalqaro  savdo 
palatasi,  London  xalqaro  arbitraj  sudi,  Butunjahon  intellektual  mulk 
tashkilotining  arbitraj  va  mediatsiya  Markazi,  Investitsiya  nizolarini  hal 
qilish bo‘yicha Xalqaro markaz, Amerika arbitraj assotsiatsiyasini kiritish 
mumkin. 
Elektron tijoratning jadal sur’atlar bilan o‘sib borishi masofadan turib 
o‘zaro harakatlar sonini oshib borishiga olib keldi. Bu esa bir biridan uzoq 
masofada  joylashgan  taraflar  o‘rtasidagi  nizolarning  vujudga  kelishiga 
sabab  bo‘lmoqda.  Nizolarni  onlayn  tartibida  hal  qilish  -  nizolarni 
taraflarning  bevosita  ishtirokisiz  masofadan  turib  hal  qilish  imkoniyati 
mavjudligi  sababli  afzalliklarga  ega.  Nizolarni  onlayn  tartibida  hal  qilish 
(NOH)  –  bu  nizolarni  axborot  texnologiyalaridan  foydalanib,  odatda 
Internet  orqali  masofadan  turib  hal  qilish  hisoblanadi.  Onlayn  atamasi 
elektron vositalar, xususan Internet orqali aloqa qilishni anglatadi. NOHni 
e-mail,  onlayn-platformalar,  onlayn-chatlar,  videokonferensiyalar  orqali 
amalga  oshirish  mumkin.  Melburn  Universitetining  Nizolarni  hal  qilish 
bo‘yicha xalqaro markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bo‘yicha 2004 
yilning iyulida 115 ta NOH provayderlari hisobga olingan bo‘lib, ular 1,5 
million  nizolarni  hal  qilishgan.  Ushbu  provayderlar  uchun  NOHning  eng 
keng tarqalgan turi mediatsiya va arbitraj bo‘lgan.  
O‘zbekiston Respublikasida ham nizolarni Internet orqali hal qilishda 
mediatsiyani  qo‘llash  uchun  etarlicha  axborot-texnologik  imkoniyatlar 


 
 
119 
 
 
119 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling