Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI ishni g‘olib chiqqan tarafga yuklash huquqiga ham ega, agar u ikkinchi tarafning sud muhokamasi boshlanishidan oldin yoki davomida NMHni qo‘llash bo‘yicha taklifini asossiz rad etgan bo‘lsa. Mediatsiya Evropa miqiyosida ham rivojlanmoqda va tarqalmoqda. Fransiyada fuqarolik, tijorat va mehnat ishlari bo‘yicha mediatsiyani qo‘llashning huquqiy asosi bo‘lib 1995-yil 8-fevraldagi 95-125-sonli Qonun hisoblanadi. Ushbu qonunning 21-moddasiga ko‘ra, “sudya taraflarning roziligini olgandan so‘ng, protsessning istalgan bosqichida, taraflar o‘rtasida kelishuvga erishish maqsadida mediatsiya o‘tkazish uchun uchinchi shaxsni tayinlashi mumkin”. Fransiyada mediatsiya 1980 yillarning o‘rtalarida joriy qilingan va institutsional hamda professional darajada o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Oilaviy ishlar bo‘yicha mediatsiya Fransiyada mediatsiyaning asosiy qismini tashkil etadi. Mediatsiya nikohni bekor qilish, vasiylik tayinlash va mulkni bo‘lishda qo‘llaniladi. Germaniya Parlamenti ixtiyoriy va sud tomonidan tayinlanadigan NMHni o‘rnatish uchun huquqiy doirani belgilovchi bir qator qonunlarni qabul qildi. 2000-yil 1-yanvardan amalga kiritilgan fuqarolik protsessual kodeksiga Kirish qonunning 15a-bandi Germaniyaning barcha erlarida muayyan turdagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan tayinlanadigan NMHni joriy qilish imkoniyatini beradi. 2002-yil 1-yanvarda Fuqarolik protsessual kodeksining 278 V 2-bandiga kiritilgan o‘zgartirishlar sudlar tomonidan taraflarning roziligiga ko‘ra ularni NMHga yuborish imkonini beradi. Ushbu norma ixtiyoriy mediatsiyani o‘tkazish uchun huquqiy asoslarni yaratadi. Qonunchilikda mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha havolalar mavjud bo‘lsa-da, Germaniyada hozircha mediatsiya to‘g‘risida maxsus qonun mavjud emas. Mediatsiyadan foydalanishni tartibga soluvchi normalar jinoyat huquqida, oila qonunchiligida va bankrotlik to‘g‘risidagi qonunda uchraydi. Avstriya Evropa davlatlari orasida birinchilardan mediatsiya to‘g‘risidagi maxsus qonunni qabul qilgan davlat bo‘lib, unda mediatsiya nafaqat kasb sifatida e’tirof etiladi, balki fuqarolik ishlari bo‘yicha mediatorlarni tayyorlash va malakasi bo‘yicha aniq mezonlarni o‘z ichiga olgan. Mediatsiya oilaviy, tijorat, ekologik nizolarini hal qilishda, shuningdek jinoyat huquqida (“jabrlanuvchi-huquqbuzar” mediatsiyasi) muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sharq mamlakatlarida, xususan Xitoy va Yaponiyada mediatsiyaning o‘ziga xos ko‘rinishi mavjud bo‘lib, u uzoq yillar davomida turli ijtimoiy nizolarni hal qilishda qo‘llanib keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling