Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI kelishuvi taqdim etilgunga qadar o‘z qarorini o‘zgartirsa, XXR xalq sudi ishni o‘z vaqtida hal qilishi lozim. Evropa hududidagi mamlakatlarining ko‘pchilik fuqarolik protsessual kodekslari ham yarashtiruv tartibi yordamida majburiy nizolarni sudga qadar hal qilishni nazarda tutadi. Belgiya va Fransiyada sud taraflarga kelishmovchilikni nizolarni hal qilishning muqobil mexanizmlari yordamida hal qilishni taklif qilishi shart, biroq bunda nizo ishtirokchilarining ikki tomonlama kelishuvi tamoyiliga rioya etish zarur. Ispaniya va Italiyada sudya tarflarni yarashtiruv tartibiga murojaat qilishga ko‘ndirishga barcha choralarni qo‘llashga majbur. Angliya va Uelsda agar nizo ishtirokchilari mediatsiyadan voz kechgan taqdirda sud ularga nisbatan moliyaviy jazolar qo‘llash huquqiga ega. Germaniyada taraflar kelishmovchilikni nizolarni muqobil hal qilish doirasida urinib ko‘rmasalar odil sud faoliyati boshlanmagan. Gretsiyada birinchi instansiyaning sudosti sudlarida ishlarni ko‘rish, agar taraflar ishni kelishuv yo‘li bilan hal qilishga urinib ko‘rish choralarini amalga oshirmagan bo‘lsalar yo‘l qo‘yilmagan. 2004-yil 1-mayda Avstriyaning “Fuqarolik ishlari bo‘yicha vositachilik to‘g‘risida”gi federal qonuni qabul qilinib, unda vositachilik taraflarning ixtiyoriyligiga asoslangan faoliyat turi sifatida belgilangan. Unga ko‘ra, maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan vositachi (mediator) o‘zaro aloqalarning e’tirof etilgan usullari yordamida taraflar bilan nizoni hal etish maqsadida muntazam ravishda ish olib boradi. Mazkur qonunda vositachilik bo‘yicha Qo‘mita a’zolari ichidan saylanadigan vositachilik masalalari bo‘yicha Maslahat kengashini tashkil etish tartibi; vositachilarning ro‘yxatini yuritish taomillari; vositachilarni ushbu ro‘yxatga kiritish shartlari; ularni tayinlash shartlari va tartibi, ushbu ro‘yxatdan ularni chiqarish shartlari; ro‘yxatga olingan vositachilarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha vositachilik natijasida protsessual muddatlarni to‘xtatish tartibiga oid masalalar o‘z ifodasini topgan. Darhaqiqat, mediatsiya majburiy kuchga ega bo‘lmagan, taraflarning ixtiyoriyligiga asoslangan, konfidensial jarayon bo‘lib, bu nizolashayotgan taraflarning o‘z ixtiyorlariga ko‘ra tanlab olgan, betaraf uchinchi shaxsning vositachiligida, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizoni o‘zaro murosa - yarashuv yo‘li bilan huquqiy asosda hal etish jarayonidir. Betaraf uchinchi shaxs - mediator aslida sudya ham, arbitr ham emas va vujudga kelgan nizo yuzasidan hech qanday mustaqil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling