Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
 
4. Mediatsiyani tashkil etish va uning huquqiy asoslari  
 
Mediatsiya  deb  atalmasa  ham,  unga  o‘xshash  yarashtiruv  taomillari 
amalda mahalla qo‘mitalari tomonidan mahalla a’zolari o‘rtasida vujudga 
keladigan  turli  nizolarni  (qo‘shnilar  o‘rtasidagi,  oilaviy  nizolarni)  hal 
etishda qo‘llanib kelinmoqda.  
O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov  to‘g‘ri 
ta’kidlaganidek, bizning xalqimizda or-nomus, andisha, hayo va ibo degan 
tushunchalar  nihoyatda  kuchli.  Bu  esa  ko‘pincha  uydagi  mojaroni  hal 
qilish  uchun  ariza  yozib,  sudga  chopishga  yo‘l  bermaydi.  Oilaviy 
kelishmovchiliklarni  nari  borsa  mahalla  doirasida,  ko‘pni  ko‘rgan 
keksalar,  faollar  yordamida  hech  kimga  ovoza  qilmay,  ortiqcha 
rasmiyatchilikka  yo‘l  qo‘ymay  hal  etish  –  bu  ota-bobolarimiz  amal  qilib 
kelgan azaliy odat
.
      
Mediatsiyani  fuqarolik  jamiyatining  elementi  sifatida  ko‘rish 
mumkin.  Fuqarolik  jamiyatida  davlat  organlarining  ayrim  vakolatlari 
“kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyili asosida nodavlat va jamoat 
institutlariga o‘tkaziladi. Shu tarzda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik 
jamiyati rivojlanayotganligini e’tiborga olgan holda jamiyat o‘z nizolarini 
o‘zining imkoniyatlari bilan davlat odil sudlov tizimiga murojaat etmasdan 
hal etish g‘oyasi mantiqan to‘g‘ri va maqsadga muvofiqdir. Shu ma’noda 
mediatsiya ijtimoiy yukdan xalos etuvchi sifatida xizmat qiladi.            
Fuqarolar tomonidan mediatsiyaga o‘xshash yarashtiruv taomillarini 
qo‘llash  yuqori  huquqiy  madaniyatli  a’zolari  bo‘lgan  etuk  jamiyat 
shakllanganligidan  dalolat  beradi.  Shu  bilan  birga  mediatsiya  har  bir 
fuqaroning  huquqiy  ongi  va  ishchanlik  odobini  yuksaltirishga  katta  hissa 
qo‘shadi.  U  nizoli  holatlarda  shaxs  o‘zini  qanday  tutishni,  muzokaralar 
o‘tkazish orqali nizolarni o‘zaro qanday hal etishni, vujudga kelgan nizoga 
o‘zaro maqbul echimga qanday erishishni va umuman nizolarni kelajakda 
vujudga  kelishini  kanday  bartaraf  etishni  o‘rgatadi.  Shunday  qilib 
mediatsiya jamiyatda tarbiyalash vazifasini bajaradi.            
Hozirgi  kunda  mediatsiya  xalqaro  tijorat  nizolarini  hal  etishda  keng 
qo‘llanmoqda.  Bu  sohada  xalqaro  miqiyosda  yarashtiruv  taomillarini 
tartibga soluvchi normalarni birxillashtirish olib borilmoqda. Bunga BMT 
Bosh  Assambleyasining  Rezolyusiyasi  (2002  y.  №  A/57/562)  bilan  qabul 
qilingan Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha Komissiyasining (YUNSITRAL) 
Xalqaro  tijorat  kelishuv  taomili  to‘g‘risidagi  Namunaviy  qonuni  dalolat 


 
 
110 
 
 
110 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling