Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
89 89 HAKAMLIK MUHOKAMASI Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish tartibi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksva Xo‘jalik protsessual kodeksida hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi belgilangan (FPKning 309 6 -modda, XPKning 155 3 -modda). Mazkur ariza vakolatli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi. Boshqa toifadagi fuqarolik va xo‘jalik ishlarida bo‘lgani kabi hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ishlar ham sudda ko‘rish uchun tayyorlanadi, mazkur ishga oid ish materiallarini hakamlik sudidan dalillarni talab qilib olish uchun nazarda tutilgan qoidalar asosida talab qilib olish mumkin. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida hakamlik muhokamasi taraflari albatta xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar FPKning 131-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda ko‘rib chiqiladi. Unga ko‘ra, ushbu toifadagi ishlar sudda ko‘rishga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rilishi lozim. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalarni xo‘jalik sudlarida ko‘rish muddati XPKning 125-moddasida nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak. Alohida hollarda ishni ko‘rish muddati xo‘jalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish tartibi boshqa fuqarolik yoki xo‘jalik ishlarini ko‘rib chiqishning umumiy qoidalaridan farqlanadi. Xususan, sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lmaydi. Shuningdek, hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilishga faqat “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi. Unga ko‘ra, hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘rab ariza bergan hakamlik muhokamasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling