Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI ariza bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa yoki manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs bergan bo‘lsa, sud arizani qabul qilishni rad etadi. Biroq, sudyaning ushbu asoslar bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etishi, basharti yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilsa, shu ish bo‘yicha sudga ikkinchi marta ariza bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi (FPKning 152-moddasi). Basharti, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida arizaga qo‘ilgan talablarga rioya qilinmasa, sud ushbu arizani FPKning 154-moddasiga ko‘ra, arizani harakatsiz qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarib, bundan da’vogarni xabardor qiladi va kamchiliklarni tuzatish uchun unga muhlat beradi. Agar da’vogar belgilangan muddatda sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq arizaga nisbatan qo‘yilgan talablarni bajarsa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, da’vogarga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012 yil 15 iyundagi “Xo‘jalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 238-sonli qarorida ham hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuni XPK 115-2-moddasi talablariga mos kelishi va unga ushbu moddada nazarda tutilgan hujjatlar shuningdek pochta xarajatlari to`lahganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi lozimligi, aks holda xo‘jalik sudi XPKning 118-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza qaytarilishi ko`rsatilgan . Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining xo‘jalik sudiga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori ustidan nizolashish uchun belgilangan o‘ttiz kunlik muddatni o‘tkazib yuborgudek bo‘lsa yoki ushbu ariza bilan hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan joydagi xo‘jalik sudiga murojaat qilmagan bo‘lsa, xo‘jalik sudi ushbu arizani XPKning 118- moddasiga muvofiq arizachiga qaytarish haqida ajrim qabul qiladi. Xususan, xo‘jalik sudi XPKning 118-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda arizachiga qaytaradi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling