76
76
HAKAMLIK MUHOKAMASI
Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini
olganidan so‘ng hal qiluv qarorini tushuntirib berish to‘g‘risidagi ariza
bilan o‘n kun ichida aynan o‘sha hakamlik sudiga bu haqda hakamlik
muhokamasining boshqa tarafini xabardor qilgan holda murojaat etishga
haqli bo‘ladi. Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi hal qiluv qarorini
tushuntirib berish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan e’tiboran o‘n kun
ichida uni ko‘rib chiqishi kerak. Hakamlik sudi o‘zi qabul qilgan hal qiluv
qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirib berishga haqli.
Tegishli arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hakamlik sudi hal qiluv
qarorining tarkibiy qismi bo‘lgan hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risida
ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorini chiqargan hakamlik sudining o‘zi hal qiluv qarorini
bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli bo‘lmaydi. Biroq, nizo bo‘yicha
hal qiluv qarori qabul qilgan hakamlik sudi yozuvda yo‘l qo‘yilgan
xatolarni va arifmetik xatolarni hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga
ko‘ra tuzatishga haqli bo‘ladi. Yozuvda yo‘l qo‘yilgan xatolarni va
arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi arizani nizoni hal qilgan hakamlik
sudi tarkibi ariza olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqishi
kerak.
Tegishli arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hakamlik sudi hal
qiluv qarorining tarkibiy qismi bo‘lgan yozuvdagi xatolarni va arifmetik
xatolarni tuzatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: