Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Hakamlik bitimi yuqorida belgilangan yozma shaklga rioya qilinmagan holda rasmiylashtirilgan taqdirda, hakamlik bitimi haqiqiy emas deb hisoblanadi. Hakamlik bitimi mazmuniga aniq talablar mavjud emas, ammo uning matnida taraflarning nizoni hakamlik sudiga topshirish haqidagi erki bildirishlari aks etilishi shart. Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan bo‘lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ko‘rsatilishi lozim. Bundan tashqari, hakamlik bitimida hakamlik sudyalarining soni, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy va til, hakamlik muhokamasining qo‘llaniladigan qoidalari, nizoni ko‘rib chiqish muddati haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin. Agar hakamlik bitimida taraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barcha nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilgan bo‘lsa, hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo ham hakamlik sudida ko‘rib chikiladi. Agar hakamlik bitimida xakamlik bitimi taraflari o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir nizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida ko‘rsatilgan bo‘lib, ularda hakamlik bitimi ustidan nizolashish masalasi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, hakamlik kelishuvini haqiqiy emasligi haqidagi nizo xo‘jalik sudida ko‘rilishi lozim 1 . Hakamlik bitimi mazmuniga qo‘yilgan talablarga rioya qilmaslik hakamlik bitimini haqiqiy emas deb topishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar hakamlik bitimi shartnomaning sharti sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, uning mazmunida hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasida kelgusida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib hal etilishi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlanadi. Shuningdek, nizo muvaqqat yoki doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudi tomonidan ko‘rib hal etilishi, agar nizo doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal 1 Ўзбекистон Республикаси Олий хўжалик суди Пленумининг 2012 йил 15 июндаги “Хўжалик судлари томонидан ҳакамлик судининг ҳал қилув қарорини бекор қилиш ҳамда ҳакамлик судининг ҳал қилув қарорини мажбурий ижро этиш учун ижро варақасини бериш тўғрисидаги ишларни кўришда қонун ҳужжатларини қўллашнинг айрим масалалари ҳақида”ги 238 сонли Қарори. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling