Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
 
1.  Taraflar  o‘rtalarida  28/45-sonli  2007  yil  10  sentabrda  tuzilgan  oldi-sotdi 
shartnomasidan  (matnda  “Shartnoma”  deb  berilgan)  kelib  chiqishi  mumkin 
bo‘lgan  yoki  u  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  nizo  va  qarama-qarshiliklarni 
muzokaralar orqali hal etish erklarini tasdiqlaydilar. 
2. Shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bog‘liq holda, shu jumladan, 
shartnoma  uning  bajarilmaganligi  yoki  bekor  qilinishiga  Taraflar  tomonidan 
muzokaralar orqali tartibga solinmagan nizo, anglashilmovchiliklar yoki talablar 
Huquqiy  muammolarni  o‘rganish  markazi  qoshidagi  (Toshkent  sh.)  Hakamlik 
sudida  mazkur  Shartnoma  imzolangan  kunida  amaldagi  uning  Reglamentiga 
binoan yakuniy hal qilinishi lozim. 
3.  Hakamlik  muhokamasi  uch  nafar  hakamlik  sudyalari  tomonidan  amalga 
oshiriladi.  Huquqiy  muammolarni  o‘rganish  markazi  qoshidagi  Hakamlik  sudi 
shaxsiy  tarkibi  uning  Reglamentida  qayd  etilgan  tartibda,  Markaz  tomonidan 
tasdiqlangan hakamlik sudyalari ro‘yxatida ko‘rsatiladi. 
4. Hakamlik muhokamasini o‘tkazish joyi O‘zbekiston, Toshkent shahri deb 
tanlanadi. 
5.  Huquqiy  muammolarni  o‘rganish  markazi  qoshidagi  Hakamlik  sudiga 
murojaat etishdan avvalgi nizolarni hal etishning dastlabki (pretenziya bildirish) 
tartibiga rioya etish Taraflar uchun majburiy hisoblanmaydi. 
6.  Taraflar  Huquqiy  muammolarni  o‘rganish  markazi  qoshidagi  Hakamlik 
sudida  ish  ko‘rilishi  rus  va  o‘zbek  tillarida  olib  borilishini  e’tiborga  oladilar  va 
hakamlik muhokamasi tili sifatida o‘zbek tilini tanlaydilar. 
7.  Taraflar  Huquqiy  muammolarni  o‘rganish  markazi  qoshidagi  Hakamlik 
sudi  hal  qiluv  qarori  ular  uchun  yakuniy  bo‘lishini  tan  oladilar  va  Huquqiy 
muammolarni  o‘rganish  Markazi  qoshidagi  Hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarori  va 
Reglamentida  aniqlangan  tartibga  rioya  qilgan  holda  bunday  hal  qiluv  qarorini 
unda ko‘rsatilgan muddatda bajarish majburiyatini oladilar. 
8.  Nizoni  Huquqiy  muammolarni  o‘rganish  markazi  qoshidagi  Hakamlik 
sudiga ko‘rib chiqish uchun topshirish haqidagi ushbu bitim Taraflar tomonidan 
ixtiyoriy  tarzda  tuzilgan.  Ushbu  bitim  yuridik  jihatdan  mustaqil  va 
Shartnomaning  boshqa  shartlariga  tobe  emas.  Shartnomaning  bekor  qilinishi 
(haqiqiy  emasligi)  qonunga  ko‘ra  ushbu  bitimning  bekor  qilinishini  keltirib 
chiqarmaydi. 
 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling