Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
6-BOB. HAKAMLIK MUHOKAMASI JARAYONI 
 
1.  Hakamlik  jarayoni  (muhokamasi)  tushunchasi.  Hakamlik 
muhokamasi 
qoidalarini 
belgilash. 
Hakamlik 
muhokamasi 
o‘tkaziladigan joy.  
Hakamlik muhokamasining har bir tarafiga o‘z nuqtai nazarini bayon 
etishi  hamda  o‘z  huquq  va  manfaatlarini  himoya  qilishi  uchun  teng 
imkoniyatlar berilishi kerak. 
Hakamlik  muhokamasi,  agar  hakamlik  muhokamasi  taraflari 
boshqacha  shartlashmagan  bo‘lsalar,  hakamlik  muhokamasi  taraflari  yoki 
ularning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. 
Hakamlik  muhokamasi taraflariga hakamlik sudi  majlisining vaqti va 
joyi  haqida  oldindan  xabarnoma  yuborilishi  yoki  topshirilishi  lozim. 
Hakamlik  muhokamasi  taraflaridan  biri  hakamlik  sudiga  taqdim  etadigan 
barcha  hujjatlarning  va  boshqa  materiallarning  nusxalari,  agar  hakamlik 
muhokamasi  taraflari  boshqacha  shartlashmagan  bo‘lsalar,  hakamlik  sudi 
tomonidan  hakamlik  muhokamasining  boshqa  tarafiga  topshirilishi  kerak. 
Hakamlik  sudi  o‘z  hal  qiluv  qarori  uchun  asos  qilib  oladigan  ekspert 
xulosalari  hakamlik  sudi  tomonidan  hakamlik  muhokamasi  taraflariga 
topshirilishi kerak. 
Hujjatlar  va  boshqa  materiallar,  agar  hakamlik  muhokamasi  taraflari 
boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, ularning o‘zlari ko‘rsatgan, hakamlik 
muhokamasi  taraflari  bo‘lgan  yuridik  shaxsning  oxirgi  ma’lum  bo‘lgan 
joylashgan  eri  (pochta  manzili)  yoki  jismoniy  shaxsning  oxirgi  ma’lum 
bo‘lgan  yashash  joyi  bo‘yicha  topshirilganligi  ma’lum  qilinadigan 
buyurtma xat bilan yoxud ko‘rsatilgan hujjatlar hamda materiallar etkazib 
berilganligi  qayd  etilishini  nazarda  tutuvchi  boshqacha  usul  orqali 
yuboriladi.  Hujjatlar  va  boshqa  materiallar  ular  etkazib  berilgan  kunda 
qabul qilib olingan hisoblanadi. 
Agar  hakamlik  muhokamasi  taraflari  boshqacha  shartlashmagan 
bo‘lsalar, hakamlik sudi nizoni yopiq majlisda ko‘rib chiqadi. 
Hujjatlar  va  boshqa  materiallarni  taqdim  etmaganlik  yoki  hakamlik 
sudi  majlisining  vaqti  hamda  joyi  to‘g‘risida  tegishli  tarzda  xabardor 
qilingan hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular vakillarining hakamlik 
sudi  majlisiga  kelmaganligi,  agar  hujjatlar  va  boshqa  materiallar  taqdim 
etilmaganligining  yoki  hakamlik  muhokamasi  taraflari  yoxud  ular 
vakillarining  hakamlik  sudi  majlisiga  kelmaganligining  sababi  hakamlik 
sudi  tomonidan  uzrsiz  deb  topilsa,  hakamlik  muhokamasiga  va  hakamlik 
sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinishiga monelik qilmaydi. 


 
 
60 
 
 
60 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling