Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
Javobgarning  da’voga  qarshi  e’tirozlar  taqdim  etmaganligi  da’vogar 
talablarining tan olinishi sifatida qaralmasligi kerak. 
Hakamlik  sudi  o‘z  hal  qiluviga  topshirilgan  nizoni,  shu  jumladan 
hakamlik  bitimi  yo‘qligi  yoki  haqiqiy  emasligi  sababli  hakamlik 
muhokamasi  taraflaridan  biri  hakamlik  muhokamasiga  qarshi  e’tiroz 
bildirgan  hollarda  nizoni  ko‘rib  chiqishga  vakolati  borligi  yoxud  yo‘qligi 
haqidagi  masalani  mustaqil  ravishda  hal  etadi.  Shu  maqsadda  shartnoma 
sharti  tarzida  rasmiylashtirilgan  hakamlik  bitimi  shartnomaning  boshqa 
shartlariga  bog‘liq  bo‘lmagan  bitim  sifatida  ko‘rib  chiqilishi  kerak. 
Hakamlik  sudining  shartni  qamrab  olgan  shartnomaning  haqiqiy  emasligi 
to‘g‘risidagi  xulosasi  ushbu  shartning  qonunga  binoan  haqiqiy  emas  deb 
topilishiga olib kelmaydi. 
Nizo  hakamlik  sudi  tomonidan  mazmunan  ko‘rib  chiqilguniga  qadar 
hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudida o‘z hal qiluviga topshirilgan 
nizoni ko‘rib chiqishga vakolat yo‘qligi haqida arz qilishga haqli. 
Agar  ko‘rib  chiqilishi  hakamlik  bitimida  nazarda  tutilmagan  yoxud 
qonunga yoki doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga 
muvofiq  hakamlik  muhokamasi  predmeti  bo‘la  olmaydigan  masala 
hakamlik  muhokamasi  davomida  hakamlik  muhokamasi  predmetiga 
aylansa,  hakamlik  muhokamasi  tarafi  hakamlik  sudi  o‘z  vakolatidan 
chetga chiqqanligi haqida arz qilishga haqli. 
Hakamlik  sudi  hakamlik  muhokamasi  tarafi  tomonidan  berilgan 
arizasini  ko‘rib  chiqishi  shart.  Arizani  ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha 
ajrim chiqariladi. 
Agar  hakamlik  sudi  o‘z  vakolati  haqidagi  masalani  ko‘rib 
chiqayotganda  nizoni  ko‘rib  chiqishga  hakamlik  sudida  vakolat  yo‘qligi 
to‘g‘risida ajrim chiqarsa, hakamlik sudi nizoni mazmunan ko‘rib chiqishi 
mumkin emas. 
Doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudi,  agar  hakamlik 
muhokamasi  taraflari  hakamlik  muhokamasining  boshqa  qoidalari 
qo‘llanilishi to‘g‘risida shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik muhokamasini 
doimiy  faoliyat  ko‘rsatuvchi  hakamlik  sudining  qoidalariga  muvofiq 
amalga oshiradi. 
Muvaqqat  hakamlik  sudi  hakamlik  muhokamasini  hakamlik 
muhokamasi  taraflari  tomonidan  kelishilgan  qoidalarga  muvofiq  amalga 
oshiradi.  Ushbu  qoidalar  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  qonun 
talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 
Hakamlik 
muhokamasining 
hakamlik 
muhokamasi 
taraflari 
tomonidan kelishilmagan, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining 


 
 
61 
 
 
61 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling