HAKAMLIK MUHOKAMASI
hisoblaganini ko‘rsatishga haqlidir. Qolaversa, mazkur qismda ish holatlari
sud tomonidan qanday belgilangan bo‘lsa, shunday yoziladi, ish bo‘yicha
dalillar tahlil qilinadi, ish bo‘yicha qo‘llaniladigan moddiy huquq
normalari aniqlab olinadi va ularning izohi beriladi.
Ta’kidlash kerakki, sud o‘z xulosalarini sud muhokamasida
o‘rganilgan ish holatlari va ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalariga asos
bo‘lgan dalillar bilan asoslaydi. Agar javobgar da’voni to‘liq tan olsa va bu
qonunga zid bo‘lmasa, hech kimning qonuniy manfaatlarini buzmasa, sud
tan olishni tasdiqlash bilan cheklanadi. Aks holda esa, da’voni tan olish
sud tomonidan tasdiqlanmaydi. Shuningdek, agar taraflar o‘zaro ishni
kelishuv bitimi asosida tugallashni istasalar va bu qonun hujjatlariga zid
bo‘lmasa hamda boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
buzmasa,
hakamlik
sudi
hakamlik
muhokamasi
taraflarining
iltimosnomasiga binoan kelishuv bitimini tasdiqlaydi. Kelishuv bitimini
tasdiqlash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilar ekan, hakamlik sudi o‘z
hal qiluv qarorining asoslantirish qismida yuqoridagi holatlarni ko‘rsatib
o‘tishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |