Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
shuningdek  ushbu  Kodeksda  nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda  alohida 
hujjat tariqasida ajrim chiqaradi.  
 
Umumiy qoidaga muvofiq, sud ajrimlari quyidagi ikki turga ajratiladi:  
- sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan ajrim; 
- murakkab bo‘lmagan masalalarni hal etish maqsadida o‘z joyida chiqariladigan ajrim.
 
 
Hakamlik  sudi  tomonidan  alohida  xonada  (maslahatxonada) 
chiqariladigan  ajrimlarda  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qaroriga  bo‘lgan 
talablardek  kirish,  bayon,  asoslantiruvchi  va  xulosa  qismlaridan  iborat 
bo‘lishi  talab  etiladi.  Ta’kidlash  kerakki,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Xo‘jalik  protsessual  kodeksi  va  Fuqarolik  protsessual  kodeksidan  farqli 
ravishda  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  Qonunda  hakamlik  sudining 
ajrimida nimalar ko‘rsatilishi bayon etilmagan.  
 
Biroq, vakolatli sudlarda yuzaga kelgan amaliyotga ko‘ra hamda umumiy qoidaga muvofiq, 
fikrimizcha, hakamlik sudi tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan ajrimlarda 
quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: 
1) ajrimning chiqarilgan vaqt va joy; 
2) sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi); 
3) hakamlik muhokamasining talablari; 
4) nizo predmeti va ajrim bilan hal qilinayotgan masalaning mohiyati; 
5) sudning xulosasiga olib kelgan asoslar va sud qo‘llagan qonunlar; 
6) sudning hal etilayotgan masala yuzasidan xulosasi.
 
 
Bu  turdagi  ajrimni  qabul  qilish  uchun  hakamlik  sudi  alohida  xonaga 
(maslahatxonaga)  chiqib  ketishi,  u  erda  ushbu  ajrim  bo‘yicha  barcha 
masalalarni  muhokama  qilishi,  uni  yozma  shaklda  bayon  qilishi,  ishda 
qatnashuvchi  barcha  sudyalar  tomonidan  imzolanishi  va  so‘ngra  uni  sud 
majlisida e’lon qilishi lozim. Hakamlik sudi hal qiluv qarori singari, ajrim 
qabul qilgan ko‘pchilik hakamlik sudyalari tomonidan imzolanadi, ajrimda 
sudyalarning  imzosi  bo‘lmasligi  ushbu  hujjatning  qonuniy  kuchga  ega 
emasligini anglatadi.  
Hakamlik  sudi  ajrimining  navbatdagi  turi  murakkab  bo‘lmagan 
masalalarni  hal  etish  maqsadida  o‘z  joyida  chiqariladigan  ajrimlar 
hisoblanib,  u  o‘zining  chiqarish  asoslari,  rasmiylashtirish  tartibi  bilan 
alohida  xonada  (maslahatxonada)  chiqariladigan  ajrimlardan  farqlanadi. 
Masalan,  hakamlik  sudi  sud  majlisida  ishni  ko‘rayotganida  hakamlik 
muhokamasi  davomida  hal  etilishini  talab  qiladigan  murakkab  bo‘lmagan 
masalalarni 
hal 
etish 
maqsadida 
alohida 
hujjat 
tariqasida 
rasmiylashtirmasdan ajrim chiqarishga ham haqli bo‘ladi. Ajrimda u qaysi 
masala  bo‘yicha  chiqarilayotgani,  hakamlik  sudi  o‘z  xulosasini 


 
 
79 
 
 
79 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling