Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
chiqarishiga  olib  kelgan  sabablar  hamda  ko‘rib  chiqilayotgan  masala 
bo‘yicha  xulosa  ko‘rsatiladi.  Ajrim  og‘zaki  e’lon  qilinadi  va  sud 
majlisining  bayonnomasiga  yozib  qo‘yiladi.    Shu  o‘rinda  ta’kidlash 
kerakki,  hakamlik  sudida,  agar  hakamlik  bitimi  taraflari  boshqacha 
shartlashmagan  bo‘lsalar,  bayonnoma  yuritiladi  (“Hakamlik  sudlari 
to‘g‘risida”gi Qonunning 36-moddasi). 
Hakamlik  sudi  ajrimi  ustidan  vakolatli  sudlarga  shikoyat  qilinmasligi 
tufayli,  alohida  sud  hujjati  ko‘rinishida  ajrimni  chiqarish  doimiy  faoliyat 
ko‘rsatuvchi hakamlik sudining Qoidalari bilan ko‘rib chiqiladi. Aks holda 
qabul  qilinadigan  hujjatning  mazmunidan  kelib  chiqib,  nizolarni  hal 
etishda  qabul  qilinadigan  ajrimning  shaklini  hakamlik  sudining  o‘zi 
tanlaydi. 
Vakolatli  sud  (O‘zbekiston  Respublikasining  Xo‘jalik  protsessual 
kodeksida  yoki  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  protsessual 
kodeksida  belgilangan  sudlovga  tegishlilikka  muvofiq  xo‘jalik  sudi  yoki 
fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  sud)lardan  farqli  ravishda  hakamlik  sudlari 
nodavlat  sudlari  bo‘lganliklari  sababli  ushbu  sudlar  tomonidan  xususiy 
ajrimlar chiqarilmaydi.  
Xususiy  ajrimlar  boshqa  ajrimlardan  o‘zining  maqsad  va  mazmun 
jihatdan  farq  qiladi.  Sud  fuqarolik  ishini  ko‘rish  davomida  ayrim 
mansabdor shaxslar yoki fuqarolar tomonidan qonuniylik va huquq tartibot 
buzilganligini yoki tashkilotlarning ishlaridagi jiddiy kamchiliklar mavjud 
ekanligini  aniqlasa,  xususiy  ajrim  (qaror)  chiqarib,  uni  tegishli  organlar 
yoki  mansabdor  shaxslarga  yuboradi.  Bu  shaxslar  esa  o‘z  navbatida, 
xususiy  ajrim  yuzasidan  o‘zlari  ko‘rgan  choralar  to‘g‘risida  sudga  ushbu 
ajrim  nusxasini  olgan  kundan  e’tiboran  bir  oylik  muddat  ichida  xabar 
qilishlari  lozim.  Xususiy  ajrimlar  sudning  boshqa  ajrimlari  kabi 
rasmiylashtirilsada,  lekin  o‘ziga  xos  xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi. 
Xususiy  ajrimlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlaridan  biri  u  qonunchilikning 
buzilishi va nizolarning yuzaga kelishini oldini olish masalalari yuzasidan 
chiqarilib,  sud  organlarining  fuqarolik  ishlarini  mazmunan  ko‘rib,  hal 
qilish  davomida  qonunchilikning  buzilishini  oldini  olish  bo‘yicha 
protsessual  qonunchilikda  mustahkamlab  qo‘yilgan  vazifalarini  amalga 
oshirishning  muhim  protsessual  vositalaridan  biri  sifatida  e’tirof  etiladi. 
Chunki  sud  organlari  fuqarolik  ishlari  yuzasidan  odil  sudlovni  amalga 
oshirish  bilan  bir  qatorda  muayyan  ish  yuzasidan  huquqbuzarlikni  oldini 
olish  choralarini  ko‘rish  imkoniyatiga  ham  ega  bo‘ladilar  va  bu  esa 
xususiy ajrim chiqarish orqali ro‘yobga chiqadi. 
 


 
 
80 
 
 
80 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling