Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
HAKAMLIK MUHOKAMASI sudi yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudni nazarda tutadi. Biroq hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan bir vaqtning o‘zida ham xo‘jalik sudiga, ham fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilinmaydi. Bu o‘rinda hakamlik sudi tomonidan hal etilgan masalaning mohiyati, unda ishtirok etuvchi taraflarning tarkibiga qarab, mazkur ishning xo‘jalik sudiga yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli ekanligi aniqlashtiriladi. Agar taraflardan loaqal biri fuqaro bo‘lgan ishlar FPKning 31-moddasi talablaridan kelib chiqib, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘ladi. Agar ish iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar, yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy, ma’muriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan bo‘lsa, u holda xo‘jalik sudiga murojaat qilinadi. Ikkinchidan, ariza uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langan bo‘lishi lozim. Soliq kodeksining 326-moddasiga ko‘ra, davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun olinadigan majburiy to‘lovdir. Mazkur Kodeksning 328-moddasiga muvofiq, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi hamda hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan davlat boji undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”gi muvofiq, hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Soliq kodeksining 328-moddasida hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan, xo‘jalik sudining hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi va ijro varaqasini berishni rad etish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ajrimlari ustidan berilgan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlaridan davlat boji undirilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ga muvofiq, hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling