Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ishlarni  yuritish 
tartibini  belgilash  maqsadida  ayrim  qonun  hujjatlariga  qo‘shimcha  va 
o‘zgartish  kiritish  talab  etilar  edi.  Aynan  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi  Senatining  2007  yil  29  iyundagi  X  yalpi  majlisida  ma’qullangan 
“Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  qabul 
qilinganligi  munosabati  bilan  O‘zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun 
hujjatlariga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqida”gi  Qonuni 
yuqoridagi  maqsad  va  vazifalarni  amalga  oshirishni  nazarda  tutadi. 
Mazkur  Qonunning  3-moddasiga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasining 
Fuqarolik  protsessual  kodeksi  uch  bob  va  o‘n  uch  moddadan  iborat 
bo‘lgan  “Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  bilan  bog‘liq  ishlarni 
yuritish” deb nomlangan 5-kichik bo‘lim bilan to‘ldirildi.  
“Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  bilan  bog‘liq  ishlarni  yuritish” 
deb  nomlangan  5-kichik  bo‘limning  35
2
-bobi  “Hakamlik  sudining  hal 
qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ishlarni  yuritish”  deb  nomlanib, 
unda  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  yuzasidan  nizolashish,  hakamlik 
sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizaning  shakli  va 
mazmuni,  mazkur  arizani  ko‘rib  chiqish  tartibi,  hakamlik  sudining  hal 
qiluv  qarorini  bekor  qilish  asoslari  hamda  fuqarolik  ishlari  bo‘yicha 
sudning  hakamlik  sudi  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ish 
bo‘yicha ajrim chiqarishga doir qoidalar o‘z ifodasini topdi.  
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qaroridan  norozi  bo‘lgan  hakamlik 
muhokamasi tarafi ushbu hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza 
bilan  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori  qabul  qilingan  joydagi  sudga 
murojaat  qiladi.  Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish 
to‘g‘risida  ariza  berilganligi  nizo  bo‘yicha  ish  yuritish  sud  tomonidan 
tugallanguniga qadar hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi bo‘yicha ish 
yuritishni to‘xtatib turadi. 
Hakamlik sudi hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan 
vakolatli sudga murojaat qilish jarayonida quyidagi talablarga rioya qilish 
lozim: 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling