Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   176
 
 


 
 
89 
 
 
89 
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 
arizani ko‘rish tartibi.  
O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  protsessual  kodeksva 
Xo‘jalik protsessual kodeksida hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor 
qilish  to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib  chiqish  tartibi  belgilangan  (FPKning 
309
6
-modda,  XPKning  155
3
-modda).  Mazkur  ariza  vakolatli  sudning 
sudyasi  tomonidan  yakka  tartibda  ko‘rib  chiqiladi.  Boshqa  toifadagi 
fuqarolik  va  xo‘jalik  ishlarida  bo‘lgani  kabi  hakamlik  sudining  hal  qiluv 
qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ishlar  ham  sudda  ko‘rish  uchun 
tayyorlanadi,  mazkur  ishga  oid  ish  materiallarini  hakamlik  sudidan  
dalillarni  talab  qilib  olish  uchun  nazarda  tutilgan  qoidalar  asosida  talab 
qilib  olish  mumkin.  Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish 
to‘g‘risidagi ariza sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va 
joyi  to‘g‘risida  hakamlik  muhokamasi  taraflari  albatta  xabardor  qilinadi. 
Biroq sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan 
mazkur  shaxslarning  kelmaganligi  ishni  ko‘rib  chiqish  uchun  to‘sqinlik 
qilmaydi. 
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalar 
FPKning  131-moddasida  nazarda  tutilgan  muddatlarda  ko‘rib  chiqiladi. 
Unga  ko‘ra,  ushbu  toifadagi  ishlar  sudda  ko‘rishga  tayyorlab  bo‘lingan 
kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rilishi lozim. 
Hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi 
arizalarni  xo‘jalik  sudlarida  ko‘rish  muddati  XPKning  125-moddasida 
nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi 
ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda 
ko‘rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak. Alohida hollarda ishni 
ko‘rish  muddati  xo‘jalik  sudining  raisi  tomonidan  bir  oydan  oshmagan 
muddatga uzaytirilishi mumkin. 
Ta’kidlash  joizki,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish 
to‘g‘risidagi  arizani  ko‘rib  chiqish  tartibi  boshqa  fuqarolik  yoki  xo‘jalik 
ishlarini ko‘rib chiqishning umumiy qoidalaridan farqlanadi. Xususan, sud 
hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani sud 
majlisida  ko‘rib  chiqayotganda  hakamlik  sudi  aniqlagan  holatlarni 
tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta 
ko‘rib  chiqishga  haqli  bo‘lmaydi.  Shuningdek,  hakamlik  sudlarining  hal 
qiluv  qarorlarini  bekor  qilishga  faqat  “Hakamlik  sudlari  to‘g‘risida”gi 
Qonunda  nazarda  tutilgan  asoslar  mavjud  bo‘lgandagina  yo‘l  qo‘yiladi. 
Unga  ko‘ra,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarori,  agar  hakamlik  sudining 
hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘rab ariza bergan hakamlik muhokamasi 


 
 
90 
 
 
90 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling