Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI 1) arizani yozishda XPKning 112-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo‘lsa; 2) ariza imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqei ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa; 3) ish mazkur xo‘jalik sudi sudloviga tegishli bo‘lmasa; 4) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga arizaning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa; 5) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini va boshqa sud xarajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, davlat boji to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa; 6) shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa; 7) bitta arizada bir yoki bir necha javobgarga o‘zaro bog‘lanmagan bir necha talab birlashtirilgan bo‘lsa; 8) qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoxud boshqa kredit muassasasi orqali olinishi lozim bo‘lganida javobgardan qarzni olish uchun bankka yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat qilinganligi haqida dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa; 9) agar arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgunga qadar uni qaytarib olish to‘g‘risida da’vogardan ariza tushgan bo‘lsa. Sudya hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini qaytarish to‘g‘risida u olingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda ariza xo‘jalik sudiga dastlabki murojaat qilingan kuni berilgan deb hisoblanadi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin ikkinchi marta xo‘jalik sudiga umumiy tartibda da’vo arizasi bilan murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling