Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish 
to‘g‘risidagi arizalardan eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida 
davlat boji undiriladi. 
Uchinchidan,  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish 
to‘g‘risidagi  arizaning  shakli  va  mazmuniga  oid  protsessual  qonunda 
belgilangan  talablarga  rioya  qilinishi  kerak.  Shuni  ta’kidlash  kerakki, 
hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizaga 
qo‘yilgan  talablar  protsessual  qonun  hujjatlarida  o‘z  ifodasini  topgan. 
Xususan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  protsessual  kodeksining 
309
9
-moddasi  hamda  Xo‘jalik  protsessual  kodeksining  155
2
-moddasiga 
ko‘ra, ushbu arizalar yozma shaklda beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan 
nizolashayotgan hakamlik muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan 
imzolanadi. 
 
Arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi talab etiladi: 
1) ariza berilayotgan sudning (xo‘jalik sudining) nomi; 
2)  nizolashilayotgan  hal  qiluv  qarorini  qabul  qilgan  hakamlik  sudining  nomi  va  tarkibi, 
joylashgan eri; 
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan 
eri  (pochta  manzili)  yoki  yashash  joyi,  shuningdek  agar  ariza  vakil  tomonidan  berilayotgan 
bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi; 
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 
5) mazkur hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan hakamlik 
muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana; 
6)  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  talab  va  mazkur  qaror 
qanday asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi. 
 
 
Mazkur  arizalar    fuqarolik  ishlari  yuzasidan  taqdim  etiladigan 
arizalarning  mazmuni  (FPKning  149-moddasi,  XPKning  112-moddasi) 
dan  o‘zga  xos  jihatlari  bilan  farqlanishini,  ta’bir  joiz  bo‘lsa,  birmuncha 
takomillashtirilganligini  ham  ta’kidlab  o‘tish  kerak.  Xususan,  hakamlik 
sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizada  telefonlar, 
fakslar  raqamlari,  elektron  pochta  manzillari  va  boshqa  ma’lumotlar 
ko‘rsatilishi mumkinligi, unga ilova qilinadigan hujjatlarning aniq ro‘yxati 
berilishi kabi qoidalar shular jumlasidandir (309
5
-modda). 
Darhaqiqat,  protsessual  qonun  hujjatlarida  hakamlik  sudining  hal 
qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  arizaga  ilova  qilinadigan 
hujjatlarning ro‘yxati ham nazarda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida hakamlik 
sudining  hal  qiluv  qarorini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  ariza  bilan  vakolatli 
sudlarga  murojaat  qilayotgan  tadbirkorlik  sub’ektlari  uchun  bir  qator 
qulayliklar  yaratadi.  Xususan,  sudga  murojaat  qilishdan  avval  ushbu 


 
 
86 
 
 
86 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling