Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   176
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
bo’lmasa, XPK qoidalari bo’yicha ko’rib chiqiladi. Chet davlat sudi yoki 
hakamlik qarorini  tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi iltimosnomani 
ko’rib chiqishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti 
va  joyi  to’g’risida  XPK  124-moddasida  belgilangan  tartibda  xabardor 
qilinadilar. 
Chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish 
to’g’risidagi iltimosnoma yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning 
vakili tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. 
Iltimosnomada quyidagilar ko’rsatilishi shart: 
1) iltimosnoma berilayotgan xo’jalik sudining nomi; 
2) chet davlat sudining nomi va joylashgan joyi yoki arbitrajning nomi 
va tarkibi, uning joylashgan joyi; 
3) undiruvchining nomi, uning joylashgan joyi yoki turar joyi
4) qarzdorning nomi, uning joylashgan joyi yoki turar joyi; 
5)  undiruvchi  tan  olish  va  ijroga  qaratishni  iltimos  qilayotgan  chet 
davlat sudi yoki hakamlikning qarori haqidagi ma’lumotlar; 
6) undiruvchining talabi; 
7) ilova qilinayotgan hujjatlar ro’yxati. 
Chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish 
to’g’risidagi iltimosnomada undiruvchi yoki uning vakilining telefon, faks 
raqamlari, elektron manzili ko’rsatilishi mumkin. 
Iltimosnoma  va  unga  ilova  qilingan  hujjatlar  xalqaro  shartnomalarda 
ko’rsatilgan tilda bayon etilishi kerak. 
Chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish 
to’g’risidagi iltimosnoma, shuningdek chet davlat sudining topshirig’i sud 
tomonidan  XPKning  16-bobida  belgilangan  tartibda  ish  yuritishga  qabul 
qilinadi. 
Xo’jalik sudi chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini mazmunan qayta 
ko’rishga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga haqli emas. 
Agar  chet  davlat  sudi  yoki  hakamlikning  qarori  qisman  ijro  etilgan 
bo’lsa,  sud  bunday  holda  chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorining  ijro 
etilmagan qismiga ijro varaqasi beradi. 
Chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish 
to’g’risidagi iltimosnomani ko’rib chiqish uchun davlat boji undirilmaydi, 
biroq  XPKda  belgilangan  boshqa  sud  xarajatlari  to’lanishi  (undirilishi) 
lozim. 
Chet  davlat  sudi  yoki  hakamlik  qarorini  tan  olish  va  ijroga  qaratish 
to’g’risidagi  ishlar  qarzdor  joylashgan  yerdagi  yoki  yashaydigan  joydagi 
yoxud,  agar  qarzdor  joylashgan  yer  yoki  yashaydigan  joy  noma’lum 


 
 
96 
 
 
96 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling