Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI isbotga va ish vaziyatini huquqiy baholashga tegishli bo‘lgan ish materiallarini talab qilish huquqiga ega emas. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza Fuqarolik protsessual kodeksining 309 4 -moddasi ikkinchi qismida hamda Xo‘jalik protsessual kodeksining 155 1 -moddasi ikkinchi qismida ko‘rsatilgan xo‘jalik sudining ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan xo‘jalik sudi hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin. Vakolatli sudlar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida hal qiluv qarori qabul qilish uchun nazarda tutilgan qoidalarga binoan ajrim chiqaradi. Vakolatli sudning hakamlik sudi hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ham bo‘lishi kerak: 1) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi; 2) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) hakamlik sudining hal qiluv qarori to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 4) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish yoki ijro varaqasi berishni rad etish uchun ko‘rsatma. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish rad etilganligi hakamlik muhokamasi taraflarining, agar hakamlik sudiga murojaat etish imkoniyati yo‘qolmagan bo‘lsa, hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangitdan murojaat etishiga yoki Fuqarolik protsessual kodeksi va Xo‘jalik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sudga murojaat etishiga to‘sqinlik qilmaydi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish hakamlik bitimining haqiqiy emasligi oqibatida yoki hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligi yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar bo‘yicha to‘xtamlar mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lishi mumkin emasligi oqibatida sud tomonidan to‘liq yoki qisman rad etilgan bo‘lsa, hakamlik muhokamasi taraflari bunday nizoni hal qilish uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling