Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI bo’lganda, uning mol-mulki joylashgan joydagi xo’jalik sudi tomonidan ko’riladi. Sudlar chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to’g’risidagi iltimosnoma XPK 88-moddasining 6-bandida belgilangan asoslar bo’yicha ko’rmasdan qoldirilishi mumkin emasligini inobatga olishlari lozim. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar ham boshqa toifadagi ishlar kabi sudda ko‘rish uchun tayyorlanadi. Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash jarayonida vakolatli sud sudyasi ijro varaqasi talab qilinayotgan ish bo‘yicha faqatgina ijro varaqasini berish uchun asos bo‘lgan ajrim chiqarish masalasini hal etish uchun zarur bo‘lgan materiallarini doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudidan talab qilishga haqli bo‘ladi. Lekin nizo mohiyatiga, isbotga va ish vaziyatini huquqiy baholashga tegishli bo‘lgan ish materiallarini talab qilish huquqiga ega emas. Boshqacha qilib aytganda, sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad etish uchun tegishli asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligini bayon qilingan talablar va e’tirozlarni asoslash uchun sudga taqdim etilgan dalillarni tekshirish yo‘li bilan aniqlaydi. Sud ishni sud majlisida ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas. Sud jarayoni ishtirokchilaridan birining hakamlik muhokamasi materiallarini talab qilish iltimosnomasi ham vakolatli sud tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan tegishli materiallarni talab qilish uchun etarli asos sifatida qaralishi ham mumkin, chunki qonun tomonidan belgilangan tartibda hakamlik sudi materiallarini tekshirish hakamlik muhokamasi ishtirokchilarining o‘zaro kelishuvisiz davlat sudi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ishlar ham sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida hakamlik muhokamasi taraflari albatta xabardor qilinadi. Biroq sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Arizaning ko‘rib chiqilishi vakolatli sudga taqdim qilingan va ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizada bayon qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi, lekin nizo mohiyatiga, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling