Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
- Oltinchidan
93 93 HAKAMLIK MUHOKAMASI Binobarin, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaga nisbatan belgilangan mazkur talablar XPKning 155 7 -moddasida ham o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan talablardan tashqari xo‘jalik sudiga taqdim etilayotgan arizalarga hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza nusxasi hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga topshirilganligi haqidagi xabarnoma yoki uning yuborilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat ham ilova qilinishi lozim. Beshinchidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga taqdim etilayotgan ariza qarzdorlar soniga mutanosib miqdordagi nusxalari bilan sudga berilishidir. Fuqarolik protsessual qonun bilan bu kabi talabning belgilanishi ikkinchi taraf bo‘lmish – qarzdorning huquqlarini ham himoya qilishni nazarda tutadi. Zero, qarzdor vakolatli sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza berilganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishga haqli. Mazkur qoida fuqarolik protsessida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligini amalga oshirishga xizmat qiladi. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi lozim. Oltinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari yana bir talabga rioya qilishlari lozim bo‘ladi. Ya’ni, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi talab etiladi. Mazkur muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling