Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI To‘rtinchidan, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga oid protsessual qonunda belgilangan talablarga rioya qilinishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 309 10 - moddasi hamda Xo‘jalik protsessual kodeksining 155 7 -moddasiga ko‘ra, ushbu arizalar yozma shaklda beriladi va va hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, joylashgan eri; 3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi; 4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana; 5) ariza bilan murojaat etgan hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining hal qiluv qarorini olgan sana; 6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi talab. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin. Protsessual qonun hujjatlari talablariga ko‘ra, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning ro‘yxati taqdim etiladi. Bu esa ushbu mazmundagi ariza bilan vakolatli sudlarga murojaat qilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulayliklar yaratadi. Xususan, sudga murojaat qilishdan avval ushbu arizalarga qanday hujjatlar ilova qilinishi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ladilar va bu arizalarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va shaxs huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarining samarali himoya qilinishini ta’minlaydi. Shunday qilib, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi: 1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan nusxasi. Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining hal qiluv qarori nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudi hal qiluv qarorining nusxasidagi hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak; 2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiklangan nusxasi; 3) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling