Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
HAKAMLIK MUHOKAMASI berilishi yoki uning iltimosiga ko‘ra ijro qilish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi ham mumkin. Shu o‘rinda tadbirkorlar ijro varaqasini ijroga topshirish muddatiga ham alohida e’tibor berishlari talab etiladi. Chunki Qonun ijro varaqalarini ijroga topshirish uchun aniq muddatlarni nazarda tutadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasiga ko‘ra, hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish to‘g‘risidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari - olti oy mobaynida ijroga topshirilishi mumkin. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati: 1) ijro hujjati ijroga topshirilganda; 2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan so‘ng muddatning o‘tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar o‘tgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi. Ijro hujjati uni to‘liq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yo‘qligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ijroga topshirish muddati o‘tkazib yuborilgan ijro hujjatini sud ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi. Ijro varaqasi yoki sud buyrug‘ini ijroga topshirish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha o‘tkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi. Sud ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o‘tmagan va mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atishi shart. Sud ijrochisi ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror nusxasi u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay undiruvchiga, qarzdorga, shuningdek hujjati ijro etilishi lozim bo‘lgan sud yoki boshqa organga yuboriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling