HAKAMLIK MUHOKAMASI
Ikkinchi farq: “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, qo‘shimcha hal qiluv
qarorini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan faqat hakamlik muhokamasi taraflari, ya’ni da’vogar
yoki javobgar murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Boshqa shaxslar, shu jumladan, hakamlik
muhokamasida ishtirok etgan uchinchi shaxslar ham bunday huquqqa ega bo‘lmaydilar.
Shuningdek, umumiy yurisdiksiya sudlaridan farqli ravishda ishni ko‘rib chiqqan hakamlik
sudining o‘zi ham qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish haqida masalani hal qilishga
vakolatli emas. Masalan, FPKning 214-moddasiga ko‘ra, sud o‘z tashabbusi bilan ham
qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish haqida masalani hal qilish vakolatiga ega bo‘ladi.
Uchinchi farq: hakamlik sudining qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi
arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinmaydi. Biroq umumiy
yurisdiksiya sudlarining qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish to‘g‘risidagi talabni rad etish
haqidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest keltirilishi mumkin.
Undan tashqari, qo‘shimcha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi
hamda unga nisbatan protest keltirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |