Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi farq
HAKAMLIK MUHOKAMASI o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishi uchun teng imkoniyatlar berilishi kerak. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish hakamlik muhokamasi taraflari yoki ularning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Hakamlik muhokamasi taraflariga hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida oldindan xabarnoma yuborilishi yoki topshirilishi lozim. Agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan bo‘lsalar, hakamlik sudi qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni yopiq majlisda ko‘rib chiqadi. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hakamlik sudi hal qiluv qarorining tarkibiy qismi bo‘lgan qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilinadi yoki qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qilish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. Qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish borasida ham vakolatli sudlar bilan hakamlik sudlari o‘rtasida o‘ziga xos farqlar mavjud. Birinchi farq qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish asoslarida namoyon bo‘ladi. FPKning 214-moddasiga ko‘ra, ish bo‘yicha hal qiluv qarori chiqargan sud ishda ishtirok etayotgan shaxslarning arizalariga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarishi mumkin: 1) huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mulkni yoki javobgar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; 2) arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan bo‘lsa; 3) hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa. XPKning 149-moddasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini qabul qilgan xo‘jalik sudi quyidagi hollarda qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi: 1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa; 2) sud huquq masalasini hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, berilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar bajarishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa; 3) sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal qilinmagan bo‘lsa. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, vakolatli sudlar tomonidan qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarish uchun asoslar deyarli bir xil. Biroq, hakamlik sudlarida hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va ko‘rib chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida o‘z aksini topmagan da’vo talablari bo‘yicha qo‘shimcha hal qiluv qarorini chiqarilishi mumkinligi ko‘rsatilgan, xolos. Binobarin, fikrimizcha, hal qiluv qarorini qabul qilishda tushirib qoldirilgan holatlarni to‘g‘rilash maqsadida, manfaatdor taraf quyidagi hollarda ham qo‘shimcha hal qiluv qarorini qabul qilish to‘g‘risidagi ariza bilan hakamlik sudiga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishi lozim: - arz qilingan talablarning birortasi bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar keltirgan va tushuntirishlar bergan bo‘lsalar-u, lekin bu xususda hal qiluv qarori chiqarilmagan bo‘lsa; - hal qiluv qarorida sud xarajatlarini taqsimlash ko‘rsatilmagan bo‘lsa. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling