Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/176
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#239987
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176
 


 
 
76 
 
 
76 
 
HAKAMLIK MUHOKAMASI 
 
Hakamlik  muhokamasi  tarafi  hakamlik  sudining  hal  qiluv  qarorini 
olganidan  so‘ng  hal  qiluv  qarorini  tushuntirib  berish  to‘g‘risidagi  ariza 
bilan  o‘n  kun  ichida  aynan  o‘sha  hakamlik  sudiga  bu  haqda  hakamlik 
muhokamasining  boshqa  tarafini  xabardor  qilgan  holda  murojaat  etishga 
haqli  bo‘ladi.  Nizoni  hal  qilgan  hakamlik  sudi  tarkibi  hal  qiluv  qarorini 
tushuntirib  berish  to‘g‘risidagi  ariza  olingan  kundan  e’tiboran  o‘n  kun 
ichida uni ko‘rib chiqishi kerak. Hakamlik sudi o‘zi qabul qilgan hal qiluv 
qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirib berishga haqli. 
Tegishli arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hakamlik sudi hal qiluv 
qarorining tarkibiy qismi bo‘lgan hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risida 
ajrim chiqariladi. 
Hal qiluv qarorini chiqargan hakamlik sudining o‘zi hal qiluv qarorini 
bekor  qilishga  yoki  o‘zgartirishga  haqli  bo‘lmaydi.  Biroq,  nizo  bo‘yicha 
hal  qiluv  qarori  qabul  qilgan  hakamlik  sudi  yozuvda  yo‘l  qo‘yilgan 
xatolarni va arifmetik xatolarni hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga 
ko‘ra  tuzatishga  haqli  bo‘ladi.  Yozuvda  yo‘l  qo‘yilgan  xatolarni  va 
arifmetik xatolarni tuzatish to‘g‘risidagi arizani nizoni hal qilgan hakamlik 
sudi  tarkibi  ariza  olingan  kundan  e’tiboran  o‘n  kun  ichida  ko‘rib  chiqishi 
kerak. 
Tegishli  arizani  ko‘rib  chiqish  natijalari  bo‘yicha  hakamlik  sudi  hal 
qiluv  qarorining  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  yozuvdagi  xatolarni  va  arifmetik 
xatolarni tuzatish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling