Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hakamlik bitimi
HAKAMLIK MUHOKAMASI 3-BOB. HAKAMLIK BITIMI 1. Nizoni hakamlik sudining hal qiluviga topshirish Nizoning hakamlik sudining hal qiluviga topshirilishining asosiy sharti – hakamlik bitimining mavjudligi bilan belgilanadi. Ya’ni, hakamlik bitimining mavjudligi taraflarga hakamlik sudlariga murojaat qilish huquqini vujudga keltiradi. Hakamlik bitimi deganda taraflarning nizoni hakamlik sudiga hal qilish uchun topshirish haqidagi kelishuvi tushuniladi. Hakamlik bitimi taraflarning erk-irodasi, xohishini o‘zida ifoda etib, ixtiyoriy tartibda shartnomaning sharti sifatida yoki alohida hakamlik bitimi sifatida rasmiylashtiriladi. Shuningdek, hakamlik bitimi taraflarga ular o‘rtasida yuzaga kelgan yoki kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni, o‘zlari tanlagan hakamlik sudlari tomonidan ko‘rib hal qilish imkoniyatini beradi. Shu bilan birgalikda, hakamlik bitimi taraflar uchun majburiy xarakterga ega bo‘lib, taraflar nizoni hakamlik sudiga topshirishdan bosh tortishga haqli bo‘lmaydi. Biroq, taraflarning ixtiyoriy roziligi bo‘lgan taqdirda hakamlik bitimi bekor qilinishi va huquqiy munosabat turidan kelib chiqqan holda nizo fuqarolik yoki xo‘jalik sudlari tomonidan, yoxud boshqa davlat organlari tomonidan hal etilishi mumkin. Hakamlik bitimi shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bilan birgalikda, shartnomaviy tusda bo‘lmagan munosabatlardan ham kelib chiqadigan nizolarni hal etishni nazarda tutadi. Bunga misol sifatida delikt majburiyatlarini va asossiz boylik orttirishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni keltirish mumkin. Ushbu holatda hakamlik bitimi shartnoma sharti sifatida emas, balki majburiyatlar vujudga kelgandan so‘ng alohida bitim sifatida rasiylashtiriladi. Qonun fuqarolik yoki xo‘jalik sudlari tomonidan ish ko‘rilayotganda, taraflar hal qiluv qarori chiqqunga qadar nizoni hakamlik sudi hal qiluviga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimini tuzishiga yo‘l qo‘yadi. Juladan, O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining 25-moddasida fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hamda xo‘jalik sudiga taalluqli bo‘lgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, xo‘jalik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi norma mustahkamlangan. Bunda taraflarning kelishuvi deganda Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hakamlik bitimi tushuniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling