HAKAMLIK MUHOKAMASI
Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari
yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tartibga solinmagan bo‘lsa va bu munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladigan
ish muomalasi odati mavjud bo‘lmasa, hakamlik sudi shunga o‘xshash
munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qo‘llaydi
(qonun o‘xshashligi), mazkur hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish
imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq va
majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq o‘xshashligi)
hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
Shartnoma shartlarini sharhlashda sud tomonidan undagi so‘z va
iboralarning asl ma'nosi inobatga olinadi. Shartnoma shartining asl
ma'nosi uning aniq emasligi holatida boshqa shartlar bilan
taqqoslash orqali va shartnomaning umumiy ma'nosi orqali
o‘rnatiladi.
Shartnoma maqsadiga asosan taraflarning haqiqiy erki aniqlanishi
lozim. Bunda barcha tegishli holatlar inobatga olinadi, shu
jumladan, shartnomadan oldin bo‘lgan muzokaralar va xat
yozishuvlar, taraflar o‘zaro munosabatlarida bo‘lib o‘tgan tajriba,
ish muomalasi odatlari, taraflarning keyingi o‘zini tutishlari ham.
•
Do'stlaringiz bilan baham: |